iPhone va Xiaomi smartfonlari importiga to‘siq qo‘yilmoqda

iPhone va Xiaomi smartfonlari importiga to‘siq qo‘yilmoqda

Xiaomi va Apple kompaniyalari Hindiston va Xitoy o‘rtasida sodir bo‘layotgan ziddiyatlarning navbatdagi qurboniga aylandi. Reuters'ning xabar berishicha, Hind standartlari byurosi (HSB) Xitoyda ishlab chiqarilgan smartfonlar importini avgust oyidan beri murakkablashtirib kelmoqda.

Importiga taqiq qo‘yilgan ba’zi tovarlar qatoriga eng so‘nggi Apple iPhone 12 smartfonlari, Oppo va Xiaomi'ning taqiladigan aqlli gadjetlari kiradi.

HSB odatda import hujjatlarini 15 kun ichida tasdiqlaydi, biroq, xabarlarga qaraganda, bunga hozir ikki oygacha vaqt ketmoqda. Apple Hindiston vakillarining ma’lum qilishicha, Apple mamlakat hududida yig‘uv ishlarini kengaytirish masalalari borasida HSB bilan muzokaralar olib bormoqda, biroq hozirgacha bundan biror naf chiqmagan.

Hindiston Bosh Vaziri mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlarni rivojlantirishni targ‘ib qilmoqda, hind natsionalist guruhlari esa chegara borasidagi to‘qnashuvlar sabab Xitoy tovarlarini boykott qilishga chaqirmoqda. Bu muammolar texnotovarlar ishlab chiqaruvchilar uchun bayram mavsumidan oldingi navbatdagi boshog‘rig‘i hisoblanadi, sababi bayramdan oldin mijozlar hamma narsa — smartfondan tortib avtomobilgacha xarid qiladi.

Reuters'ning qo‘shimcha qilishicha, iyul oyida kutilmaganda import qilingan televizorlar uchun litsenziya talab qilingan. Bundan maqsad esa Samsung va Xiaomi'ning faoliyatiga to‘sqinlik qilish bo‘lgan.

O‘QING: Xitoyning yana 43 ta ilovasi bloklandi. Ular orasida AliExpress ham bor

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!