iPhone X: 2012 yildagi muvaffaqiyat takrorlanmoqda

iPhone X: 2012 yildagi muvaffaqiyat takrorlanmoqda

Bir haftalik tahlillarga ko‘ra, iPhone X modeli iPhone 8 hamda 8 Plus smartfonlariga qaraganda yaxshi sotilmoqda. Har uchala ayfonlarning savdoga chiqarilganidan so‘ng qayd etilgan ilk uch kunlik natijalar shundan dalolat bermoqda.

Localytics tahlil va tadqiqot kompaniyasining ma’lum qilishicha, savdoning ilk haftasida sotilgan iPhone X ulushi jahon bozorida sotilgan jami iPhone smartfonlarining 1 foizini tashkil qilmoqda.

Taqqoslash uchun tahlilchilar savdoning birinchi haftasida sotilgan jami iPhone 8 va iPhone 8 Plus modellarini hisoblab ko‘radilar: iPhone 8 ulushi jami sotilgan ayfonlar savdosida 0,3% hamda iPhone 8 Plus modelining ulushi 0,4%.

Qisqa fursatda iPhone X'ning ayfon bozorining 1 foizlik ulushini egallashi -- yaxshi natija! Bu muvaffaqiyatni 2012 yilning 19 sentyabrida sotuvga chiqarilgan iPhone 5'dan so‘ng hali biror yangi ayfon yangilay olmagan edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!