iPhone X’da uchragan muammodan endi iPhone Xs va Xs Max egalari ham shikoyat qilmoqda

  •   DiMaX
  •  1221
  •  08.02.2019 16:39

iPhone X’da uchragan muammodan endi iPhone Xs va Xs Max egalari ham shikoyat qilmoqda

Kupertinoliklarning yubiley smartfoni – iPhone X sotuvga chiqqach, unda ayrim nuqsonlar aniqlangan. Shulardan biri endi 2018 yilgi flagman modellarda ham uchramoqda.

O‘QING: iPhone X foydalanuvchilari allaqachon nuqsonlardan shikoyat qila boshlashdi

Apple rasmiy forumi keyingi paytlarda iPhone Xs hamda iPhone Xs Max egalarining shikoyatlariga to‘lib ketgan. Foydalanuvchilarning yozishlaricha, ularning kamera modullari hech bir sababsiz darz keta boshlagan.

Ushbu nuqson yangi xarid qilingan ayfonlarda ham, ishlatilganlarida ham uchrayotgani g‘alati. Shikoyatchilarga ko‘ra, ular o‘z smartfonlarini qo‘llaridan tushirib yuborishmagan, biror narsaga urib olishmagan, sovuqda qoldirishmagan. Lekin o‘z-o‘zidan kamera modulining shishasida chatnashlar paydo bo‘lgan.

iPhone X (sotib olish) smartfonlari shunday bo‘lganida, Apple ularni bepul almashtirib yoki ta’mirlab bermagan, kamera modullaridagi darz kafolat doirasiga kirmasligini aytgan edi. Afsuski, iPhone Xs (sotib olish)  va iPhone Xs Max (sotib olish) egalarini ham shunaqa javob kutayotgani haqiqatga yaqinroq. Hozircha kompaniya bu borada fikr bildirmay turibdi.

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!