iPhone X Edition ilk marta qadoqda ko‘rinish berdi

iPhone X Edition ilk marta qadoqda ko‘rinish berdi

Yangi avlod ayfonining taqdimotiga bir oydan kamroq vaqt qolmoqda. Bu galgi "olma" smartfonlari yupqa romli OLED-displey,  AR/VR texnologiyalari, simsiz quvvatlash va qiyofani skaner qilish texnologiyalariga egaligi bilan o‘ziga xos bo‘ladi. Biroq, Apple navbatdagi ayfon modelini qanday nomlashi hozirgacha sir bo‘lib qolmoqda.

Insayder va marketologlarning fikricha, jahonning eng qimmat kompaniyasi unga daromad keltirgan iPhone brendining 10 yilligini shunchaki kutib olmaydi. Ba’zi ekspertlarning fikricha, bu yil Apple 8-avlod iPhone'ni emas, birato‘la "iPhone X Edition" nomli yubiley ayfonni ishlab chiqaradi. Quyida esa ushbu ayfon tushirilgan deb taxmin qilinayotgan qadoqni ko‘rishimiz mumkin.

Bu qadoq internet tarmog‘idagi shunchaki soxta suratlardan biri bo‘lmasligi ham mumkin. Boisi, uni taniqli insayder, @Slashleaks Twitter-kanali tarqatgan.

Suratdagi smartfon yangi avlod ayfonlari to‘g‘risida ma’lum qilinayotgan jihatlarga o‘xshash. Qadoq esa sifatli va Apple'ga xos. Shuningdek, internetda iPhone X Edition'ga xos fon surati ham tarqalgan.  

Xo‘sh, sizga bu ayfon yoqdimi?


Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.