iPhone X: Qo‘lingizdan tushib ketsa, o‘zingizni kechirmaysiz!

iPhone X: Qo‘lingizdan tushib ketsa, o‘zingizni kechirmaysiz!

Yirik smartfon ishlab chiqaruvchilari servis xizmatlariga smartfonda o‘rnatilgan tarkibiy qismlarni yetkazib berishdan ham katta foyda oladi. Ayniqsa, ekran, korpus shishasi kabi detallar ham yaxshigina foyda keltiradi.

Apple'ning AppleCare deb nomlanuvchi brendi kompaniya ishlab chiqargan mahsulotlarga qo‘shimcha kafolat beradi. Apple odatda o‘z gadjetlariga bir yillik kafolatni beradi.

Misol uchun, 1000 dollarlik iPhone X xarid qilish chog‘ida sizga AppleCare xizmati uchun ham qo‘shimcha pul to‘lash taklif qilinadi. Bu flagman uchun qo‘shimcha $199 dollar to‘lasangiz, smartfonga biror kor-hol bo‘lsa, uni ancha arzonga ta’mirlash mumkin.

Deylik, iPhone X ekrani ishdan chiqsa, uni almashtirish uchun $279 dollar xarajat qilishga to‘g‘ri keladi. iPhone 8 Plus esa $169 dollarga tushadi. iPhone 7 ekranini almashtirish narxi 228 dollar. iPhone X'ga yetgan boshqa talafotlar, misol uchun suv ta’sirida yuzaga kelgan nosozlikni tuzatish esa $549 dollarga tushadi.

AppleCare kafolati bo‘lsa, iPhone X ekranini $29 dollarga almashtirish mumkin. Qolgan barcha nosozliklar 99 dollarga tushadi.

iPhone X ekranini almashtirish va boshqa ta’mirlash ishlari:
Avstraliyada 419 va 819 dollarga;
Kanadada 359 va 709 dollarga;
Germaniyada: 350 va 700 dollarga;
Buyuk Britaniyada: 400 va 800 dollarga tushadi.