iPhone X taqdimoti arafasida Samsung buklanuvchi ekranli smartfon haqida ma’lum qildi

iPhone X taqdimoti arafasida Samsung buklanuvchi ekranli smartfon haqida ma’lum qildi

Apple jon-jahdi bilan jahon e’tiborini Kupertinodagi "Kremniy vodiysi"ga qaratishga urinayotgan bir paytda uning koreyalik raqibi bo‘lmish Samsung 2018 yilda buklanuvchi ekranga ega mobil telefon tayyorlayotganiga ishora qildi. Bu esa Apple’ning yangi flagmanidan xarid qilish istagida bo‘lganlarni bir oz bo‘lsa ham chalg‘itmoqda.    

Bloomberg nashrining yozishicha, Samsung’ning mobil bo‘linmasi rahbari DJ Koh (Koh Dong-jin) kelasi yili kompaniya buklanuvchi displeyga ega bo‘lgan ilg‘or gadjetni taqdim qilishini aytgan.  

"Mobil biznesning rahbari sifatida aytishim mumkinki, Samsung'ning bu ilg‘or maqsadi keyingi yilda albatta amalga oshadi", deydi u. 

Samsung'ning bir kunda 150+ marotabagacha buklab-ochib foydalansa bo‘ladigan ilg‘or smartfoni haqida so‘nggi 5 yildan buyon turli ma’lumotlar tarqalmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.