Iphone XI qotili - Mate 30 ilk suratlarda!

Iphone XI qotili - Mate 30 ilk suratlarda!

Weibo ijtimoiy tarmog‘ida Huawei’ga tegishli bo‘lgan navbatdagi smartfonning ilk suratlari paydo bo‘ldi. Ekspertlarning fikricha, josuslar tomonidan tarqatilgan suratda Mate 30 tasvirlangan.

Birinchi qarashdayoq ko‘zga tashlanadigan holat - aylana ko‘rinishidagi asosiy kamera bloki bo‘lgan. A’nanadagidek, kamera yonida uning xususiyatlarini aks ettiruvchi yozuvlar mavjud. Bundan ko‘rish mumkinki, smartfon besh karralik optik zumga ega bo‘ladi. Asosiy kamera to‘rtta datchik hamda fotochaqnoqdan iborat bo‘lgan.

Ekspertlarning yana ta’kidlashicha, ushbu to‘rtta modul: 40 MPlik asosiy, 8 MPlik teleob’yektiv, 20 Mplik keng burchakli va ToF-kamera datchiklarini o‘z ichiga oladi.

Hayratlanarlisi, ushbu ma’lumot avvalgi renderlardagi xususiyatlarga mos tushadi. Yangi flagmanning kuzda taqdim qilinishi taxmin qilingan. Smartfonga 12 yaderli videotezlashtirgich bo‘lmish Mali-G77’ga ega Kirin 990 protsessori o‘rnatilishi mumkin.

O‘QING: Huawei beshta modeldagi flagmanlari, jumladan – Mate X hamda Mate 30 5G sotuvga chiqish vaqtini rasman aytdi