iPhone XI va iPhone XI Max uchun allaqachon Apple A13 protsessori ishlab chiqarila boshladi

  •   DiMaX
  •  1349
  •  11.05.2019 12:37

iPhone XI va iPhone XI Max uchun allaqachon Apple A13 protsessori ishlab chiqarila boshladi

Kupertinolik korporatsiya bu yilgi smartfonlarini hali sentyabrda taqdim etadi, ammo ularning ayrim xususiyatlari hozirdanoq ma’lum. Jumladan, flagmanlarning bosh kamerasi uch modulli bo‘lib, kvadrat blokda joylashishini «jonli» surat ko‘rsatgan.

O‘QING: 2019 yilgi barcha iPhone’larning kameralari «ko‘rinmas» bo‘ladi!

iPhone XI hamda iPhone XI Max flagmanlari, shuningdek hamyonbop iPhone XR2 smartfonlari Apple A13 protsessorlari bazasida ishlaydigan bo‘ladi. Ushbu yangi avlod chipini kupertinoliklarga hamkor TSMC kompaniyasi tayyorlab beradi. Mazkur protsessor 7 nanometrlik texnologik jarayon asosida, EUV-litografiya asosida ishlab chiqariladi.

Manbalarga ko‘ra, allaqachon Apple A13 chiplarini ishlab chiqarish boshlangan. Ayni damda uni sinov bosqichida ishlab chiqarishmoqda, ammo shu may oyining oxirigacha ommaviy tarzda chiqara boshlashadi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha bozorga taqdim etilgan turli rusumlardagi iPhone’larni Terashop.uz internet-do‘konimizda 2 999 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Sentyabrda chiqadigan iPhone XI Max’ni ilk suratlar va videoda har tomonlama ko‘ramiz!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!