iPhone xotirasini kengaytirish uchun 10 maslahat

iPhone xotirasini kengaytirish uchun 10 maslahat

iPhone'ingiz xotirasida joy qolmagani to‘g‘risidagi xabar joningizga tekkan bo‘lsa, ajab emas. Bundan xalos bo‘lish uchun sizga quyida zarur maslahatlarimizni beramiz.

 1. Xotirani band qilib turgan ilovalarni aniqlang.

Buning uchun quyidagi amallarni bajaring: Sozlamalar -> Asosiy -> Xotira va iCloud -> [Хотира] Boshqarish. Ro‘yxtaning yuqori qismida siz eng ko‘p joyni egallab turgan ilovalarni ko‘rasiz. Ehtimol, ular orasida siz umuman foydalanmaydigan ilovalar bordir. Ularni hoziroq o‘chirib tashlash kerak.

 2. Keraksiz ilovalardan voz kechamiz.

Buning uchun ushbu maslahatga amal qiling: o‘zingiz o‘rnatgan ilovalarga diqqat qiling. Ular orasida siz bir necha oylardan buyon ishlatmaydigan ilova ham bordir. Ularni o‘chirib tashlang va xotira maydonini kengaytiring. Xuddi shunday, keraksiz o‘yinlardan ham voz keching.

 3. Musiqiy galereyani tozalaymiz.

Sizning audio-kutubxonangizda umuman tinglamaydigan qo‘shiqlar bo‘lishi tayin. Shunday ekan ularni ushlab turishdan nima naf? Ko‘pchilik internet orqali musiqa tinglashga yordam beradigan va xotirani egallamaydigan Apple Music yoki Spotify kabi xizmatlardan foydalanishni ma’qul ko‘radi.

 4. Fotosuratlarni saqlshani maqbullashtirish.

iOS operatsion tizimining 8-talqinidan boshlab foydali funksiya joriy qilindi. Ya’ni, fotosuratlarni gadjetda kichikroq sig‘imda saqlash mumkin bo‘ldi. Ularning asl, yuqori sig‘imli nusxasini esa iCloud "bulutli" xizmatida saqlash mumkin. Kerak bo‘lganida, asl nusxani u yerdan yuklab olish mumkin.

Bu funksiyani yoqish uchun quyidagi amalni bajaring: Sozlamalar -> Foto va Kamera, iCloud Mediatekasini ishga tushirish va iPhone'da saqlashni optimizatsiya qilish.

 5. Eski xatlarni o‘chiramiz.

Odatda iMessage va SMS-xatlar smartfonda muddatsiz saqlanadi. Ammo, ularga bir ko‘z yugurtirib, keraksizlarini saralash mumkin. Buning uchun quyidagi amalni bajaring: Sozlamalar -> Xatlar -> Xatlarni qoldirish va xatlarni 30 kundan yoki 1 yildan so‘ng o‘chirib tashlashni tanlang.

 6. Foto va hujjatlarning zahira nusxasini tayyorlang.

Ma’lumki, bekap – eng muhim zamonaviy funksiya. Ishonchimiz komilki, ko‘pchilik bu ilg‘or tajribadan foydalanadi. Siz smartfondagi ma’lumotlarni kompyuterga yoki "bulut"li xizmatlarga ko‘chirib qo‘ying. Shundan so‘ng, ularni iPhone'dan o‘chirib tashlang va xotira diskini bo‘shating. Bekap, ya’ni zahira nusxalarini ko‘chirib qo‘yishning yana bir ahamiyatli tomoni bor -- smartfoningizga virus tushib qolgan taqdirda, siz undagi muhim ma’lumotlardan nusxa olib qo‘yganingiz uchun, bu virus ma’lumotlarga daxl qila olmaydi. 

 7. HDR rejimida paydo bo‘lgan ortiqcha fotosuratlarni o‘chiramiz.

HDR rejimida olingan surat bilan birga, mediatekada bu fotosuratning oddiy talqini ham saqlab qolinadi. Natijada, xotirada bir xil ko‘rinishdagi 2 ta surat paydo bo‘ladi. Ularni har gal o‘chirib yurmaslik uchun buni tizimga avtomatik ravishda yuklab qo‘yish mumkin. Buning uchun quyidagi amalna bajaring: Sozlamalar -> Foto va kamera, ro‘yxatni quyiroq tushiring va "Originalni qoldirish"    buyrug‘ini yoqing.

 8. Brauzerning tarixini tozalash.

Safari brauzeri foydalanuvchiga kerak bo‘ladi deb, odatda "sayohat qilingan" barcha internet sahifalarni, internet fayllarini saqlab qo‘yadi. Bular ham xotirada oz-muncha joyni band qlmaydi. Buning uchun ushbu amalni bajaring: Sozlamalar -> Safari va "saytlar tarixi va ma’lumotlarni o‘chirish"ni tanlang.

 9. Instagram'dan suratlarni avtomatik saqlab qo‘yishni o‘chiramiz.

Modomiki, mashhur ijtimoiy tarmoqlarni o‘z suratlaringiz bilan boyitish ishqibozi ekansiz, bir narsani anglagan bo‘lsangiz kerak -- Instagram ilovasidan biror suratni galereyaga yozib olganda, 2 ta bir xil surat paydo bo‘ladi: biri siz yuklab olgan surat va uning originali.

Bunday takroriy suratlar paydo bo‘lmasligi uchun Instagram ilovasining sozlamalariga kiring va "Dastlabki fotosuratlarni saqlab qolish" funksiyasini o‘chirib qo‘ying.  

 10. Tinglangan podkastlarni o‘chirib tashlash.

Podkasting — bu Internetdagi audio- yoki video-formatdagi ma’lumotlar. Bu podkastlar ham xotirada joyni band qilib yotadi. Bularni avtomatik tarzda o‘chirib borish mumkin. Tizimga podkastlarni tinglab bo‘lgandan keyin o‘chirishga buyruqni quyidagicha bering: Sozlamalar -> Podkast -> tinglanganlarni o‘chirish.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!