iPhone XR arzonlashadi, iPhone X yana ishlab chiqariladi!

  •   DiMaX
  •  1622
  •  23.11.2018 11:45

iPhone XR arzonlashadi, iPhone X yana ishlab chiqariladi!

Kupertinolik korporatsiya bu yil sentyabrda iPhone XS modellarini taqdim etganidan so‘ng o‘tgan yilgi iPhone X superflagmanini ishlab chiqarishdan olib tashlagan edi. Biroq bu yilgi modellarning savdosi yaxshi ketmayotgani bois, Apple o‘z rejalarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi.

O‘QING: Apple «qulash»da davom etmoqda, Microsoft uni «urib tushirishi» mumkin!

The Wall Street Journal nashrining yozishicha, Apple joriy yilda namoyish qilingan eng arzon smartfoni – iPhone XR modelini Yaponiyada arzonlatmoqda. Bunda u mahalliy operatorlarga subsidiya taklif etmoqda va arzonlashtiruv keyingi haftadanoq kuchga kirishi mumkin. Ushbu modeldagi ayfon kunchiqar mamlakatida iPhone 8 kabi ommalashmagani bunga sabab bo‘layotir.

Yaponiyadan keyin boshqa hududlar uchun ham ushbu ayfonning narxlari pastlatilishi mumkin. Bundan tashqari, Apple ayrim mamlakatlar bozori uchun iPhone X modelini qaytadan ishlab chiqarishga qo‘ymoqchi.

Bizning Terashop.uz internet-do‘konimizda esa turli modellardagi ayfonlar 2 199 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda taklif etilmoqda. Jumladan, doimiy xotirasi 64 gigabaytlik iPhone X yubiley smartfonini 7 950 000 so‘mga olishingiz, bu yilgi iPhone XR modelining 128 gigabaytligini esa 10 282 000 so‘mga xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Dual-SIM va oddiy iPhone’lar narxlari (2018 yil 17 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!