iPhone XR’ga Samsung javobi – Galaxy S10 E (yoki S10 Lite) rasmiy suratlarda

  •   DiMaX
  •  1991
  •  02.02.2019 12:33

iPhone XR’ga Samsung javobi – Galaxy S10 E (yoki S10 Lite) rasmiy suratlarda

Janubiy koreyalik texnogigantning o‘ninchi avlod flagmanlari uchta modelda taqdim etilishidan xabaringiz bor. Kechagina ulardan ikkitasining matbuot uchun tayyorlangan va «jonli» rasmlari, turli xususiyatlari haqidagi yangi ma’lumotlar va hatto aniq narxlarini ham e’lon qilgandik.

O‘QING: Galaxy S10 flagmanlari «arzonladi»: rasmiy va «jonli» suratlar, barcha variantlari, ranglari, narxlari va yangi ma’lumotlar!

WinFuture resursi endi ushbu «uch og‘a-ini botirlarning kenjasi» – avval Galaxy S10 Lite deb nomlanib kelayotgan Galaxy S10 E modelining ham rasmiy suratlarini chop etdi. Manbaga ko‘ra, bu – qora, oq va yashil rangli korpuslarda sotuvga chiqariladigan smartfonning matbuot uchun tayyorlangan rasmiy renderlaridir.

Galaxy S10 E ushbu turkumdagi eng ixcham va sodda smartfon bo‘lib, kupertinoliklarning iPhone XR modeliga Samsung’ning javobi, deya ta’riflanmoqda.

O‘QING: Samsung endi Xiaomi bilan bellasha oladi: Galaxy M smartfonlari kutilganidan ham arzon ekan!

Samsung’ning ushbu smartfoni diagonaliga 5,8 dyuymlik tekis ekranga ega (qolgan ikkita modelda displeyning chetlari qayrilgan). Uning daktiloskopik datchigi ham «aka»lari kabi ekraniga emas, balki yon qirradagi o‘chirish-yoqish tugmachasida, deyishmoqda. Standart Galaxy S10 modelidagi kabi yakka datchikli old kamerasi ekranning «tirqish»iga joylangan.

Standart va «plyus»li flagmanlarning bosh kamerasi uch modulli bo‘lsa, ixcham modelda «atigi» ikkita ob’yektivli kameraga ega.

Galaxy S10 E devaysi 6 gigabaytlik tezkor va 128 gigabaytlik doimiy xotira bilan, 749 yevro narxida sotuvga chiqishi kutilmoqda. Terashop.uz internet-do‘konimizda uning raqibi – iPhone XR smartfonining 64 gigbaytlik varianti 6 479 000 so‘mga sotib olish, 256 gigabaytligini esa 7 902 000 so‘mga xarid qilish imkoni bor. Hozirgacha bozorga chiqqan ayrim Samsung smartfonlarini bo‘lsa 949 000 so‘mdan boshlangan narxlarda sotib olish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da Samsung smartfonlari narxlari (2019 yil 30 yanvar) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!