iPhone XS: 2 milliard yillik materialdan yasalgan korpus

  •   Saroy
  •  2081
  •  05.09.2018 10:32

iPhone XS: 2 milliard yillik materialdan yasalgan korpus

Caviar kompaniyasining ma’lum qilishicha,  yaqinda chiqayotgan Apple iPhone XS samartfoni korpusi yerdagi mavjud eng qadimiy materialdan tayyorlanadi. Yangi flagmanning taqdimoti shu yil 12 sentyabrga rejalashtirilgan.

Smartfonning Rossiya varianti brilliantlar, 2 milliard yoshli mamont tishi va boshqa noyob buyumlardan yasalgan. Bu, smartfon “abadiy qadriyat” maqomini oladi, deganidir, deyiladi xabarda.  iPhone XS korpusi faqat Rossiya hududida topilgan topilmalar bilan ishlanadi.

O‘QING:"Malika"dan iPhone X o‘rniga olish mumkin bo‘lgan 5 ta arzon smartfon

Modellarning biri Rossiya gerbi bilan bezatiladi va brilliant bilan ishlov beriladi. Ikkinchisi Sundozero (Kareliya) suv hovzasi tubidan olingan ikki milliard yoshdagi materialdan yasaladi. Uchinchisi esa  mamont suyagidan qilingan.

Yangi qurilmalar avvaldan buyurtma berilsa, narxi  277 000 rubl. Masalan, Rossiyada eng qimmat flagman, o‘sha iPhone X  ham 60 ming rubldan qimmatroq turadi.

O‘QING:Tarmoqlarda iPhone X Plus va iPhone 9’ning ilk “jonli” suratlari paydo bo‘ldi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!