iPhone XS flagmani AnTuTu’da shunchaki mo‘’jiza ko‘rsatdi!

  •   DiMaX
  •  1986
  •  15.09.2018 11:56

iPhone XS flagmani AnTuTu’da shunchaki mo‘’jiza ko‘rsatdi!

Apple korporatsiyasi 12 sentyabrdagi tadbirida iPhone XS, XS Max va iPhone Xr smartfonlarini hamda yangi Apple Watch soati taqdim etilganidan xabaringiz bor. Smartfonlar bilan birga, ulardagi 7 nanometrlik tex-jarayonda ishlangan A12 Bionic protsessori ham namoyish qilindi va benchmarklar uni munosib baholashdi.

O‘QING: iPhone XS va XR: Apple’ning yangi flagmanlari Geekbench benchmarkida sinab ko‘rildi.

Mazkur chipset jamlanmasida to‘rt yadroli grafik tezlatgich ham mavjud bo‘lib, u iPhone XS hamda iPhone XS Max flagmanlarida 4 gigabaytlik, iPhone XR modelida esa 3 gigabaytlik tezkor xotira bilan hamkorlikda ishlaydi.

iPhone XS smartfoni endi AnTuTu benchmarkida ham tekshirib ko‘rildi va qoyilmaqom natija namoyish etdi – 363 525 ball!

AnTuTu’ning joriy reytingiga ko‘ra, undagi oldingi yetakchi – Xiaomi Black Shark geymerofoni 293 ming ochko ola bilgan. Ya’ni, kupertinoliklarning flagmani «xitoycha Apple»ning (umuman, jahondagi barcha smartfonlar orasidagi) eng zo‘r smartfonidan salkam 25 foizga ustun kelgan!

O‘QING: TOP-10: Dunyodagi eng tezkor Android-smartfonlar (AnTuTu talqini, 2018 yil, sentyabr)

Tabiiyki, bu qadar yuksak natijaga erishishda Apple’ning o‘z ishlanmasi bo‘lgan A12 Bionic protsessoridan tashqari, ayfondagi barcha qismlarning va dasturiy ta’minotning yaxshi optimallashtirilgani katta ahamiyatga ega.

Xo‘sh, «olmali» korporatsiyaning so‘nggi flagmaniga asosiy raqib endi kim bo‘lishi mumkin? Tabiiyki, baribir xitoyliklar, faqat boshqa kompaniya vakili. Ya’ni, yaqin orada taqdim etilishi kutilayotgan Huawei Mate 20 flagmanigina tezkorlik bo‘yicha iPhone XS’ning haqiqiy «kushanda»si bo‘la oladi. Ushbu qurilma dunyodagi ilk e’lon qilingan 7 nanometrlik protsessor – Kirin 980 bazasida ishlaydi.

Darvoqe, Apple’ning 12 sentyabrdagi taqdimotidan so‘ng xitoylik texnoginant uning ustidan kulib, «biror yangi narsa taqdim etmagani uchun» tashakkur izhor etgan va Huawei Mate 20 taqdimotiga taklif etgan edi. Uning bunchalik o‘ziga ishonishiga qaraganda, «jang» qiziydigan ko‘rinadi. Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating.

O‘QING: Mate 20 taqdimoti anonsida Huawei yana Apple’ni masxara qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!