iPhone XS Max’da yana ishkal: dinamikda ham dard bor ekan! (+video)

  •   DiMaX
  •  1238
  •  06.10.2018 13:37

iPhone XS Max’da yana ishkal: dinamikda ham dard bor ekan! (+video)

Apple’ning o‘tgan oyda taqdim etilgan va savdoga chiqarila boshlagan iPhone XS Max flagmanida boshidanoq nuqsonlar uchragani haqida yozganmiz. Shuningdek, keyinchalik unda boshqa turdagi kamchilik ham uchragan.

O‘QING: iPhone XS va XS Max egalari yana bir muammoga duch kelishdi

Endi esa iPhone XS Max smartfonining yuqori dinamigida ham nuqsonlar uchray boshladi. Reddit forumi foydalanuvchilarining yozishlaricha, ba’zi ayfonlarda u barqaror ishlamayapti. Musiqa tinglash yoki video tomosha qilish jarayonida dinamik birdaniga o‘chib qolishi hollari ham uchragan. Ayrim forumchilar shunchaki telefonda gaplashayotganda ham dinamik xirillab qolishini yozishgan, ba’zilarda esa xirillash muntazam tarzda kuzatilib turar ekan.

Mana, quyidagi videoda bunga o‘zingiz guvoh bo‘lishingiz mumkin:

Foydalanuvchilarga ko‘ra, sozlamalarni o‘zgartirish orqali bu muammo hal bo‘lmayapti. Qurilmani o‘chirib-yoqishda ham dinamik vaqtinchalik tuzalib, so‘ng yana ishkal qilishni boshlayapti ekan. Shunga qaraganda, mazkur muammoning sababi dasturiy ta’minotga borib taqaladi. Uni esa iOS’ning navbatdagi yangilanishlari bilan Apple bartaraf etishi mumkin.

Xabaringiz bor – kupertinolik gigantning bu yilgi flagman smartfonlari va oldingi rusumlarga mansub bir qator ayfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn usulda sotib olishingiz mumkin. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib buyurtma berishingiz, xaridingiz bepul eltib berilishi, haqini esa tovar qo‘lingizga tekkanida to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ma’qul keladi.

O‘QING: XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!