iPhone XS Max kamerasiga DxOMark baho berdi: «Yaxshi, lekin eng zo‘ri baribir boshqa!»

  •   DiMaX
  •  932
  •  04.10.2018 16:07

iPhone XS Max kamerasiga DxOMark baho berdi: «Yaxshi, lekin eng zo‘ri baribir boshqa!»

Kameralarga professional baho berish bilan shug‘ullanuvchi DxOMark mustaqil laboratoriyasi, nihoyat, kupertinoliklarning so‘nggi flagmani kamerasini ham tekshirib ko‘rdi. Buni qarangki, iPhone XS Max kamerasi zo‘r bo‘lsa-da, baribir ikkinchi o‘rinni egallagan.

O‘QING: DxOMark’da yangi rekord: Galaxy S9+ kamerasi iPhone X va Pixel 2’ni «o‘tirg‘izib qo‘ydi»!

Video suratga olish bo‘yicha iPhone XS Max kamerasi 96 ball olgan, fototestlarda esa – 110 ball. Shu tariqa, Apple flagmanining umumiy ko‘rsatkichi 105 ballni tashkil etgan.

Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, Apple flagmani umumiy reytingda ikkinchi o‘rinni egallagan. Eng zo‘r kamerofon esa o‘zgarmay qoldi: xitoyliklarning uch kamerali Huawei P20 Pro flagmani!

O‘QING: Kamerafonlar "qiroli" -- Galaxy S9 "taxtni boy berdi"

DxOMark mutaxassislari iPhone XS Max kamerasining avtofokusi ishini yuksak baholashdi. Ammo keng ko‘lamli surat olishda detallarning o‘ta aniq chiqmasligini, shuningdek, fotochaqnoq yordamida tushirilgan rasmlar zo‘r emasligini ta’kidlashdi.

Darvoqe, ayni damda DxOMark reytingiga ko‘ra, eng zo‘r kamerofonlar o‘ntaligi quyidagicha:

Garchi kamerasi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda bo‘lsa-da, boshqa jihatlariga ko‘ra ayni damda eng kuchli bo‘lib turgan iPhone XS hamda iPhone XS Max flagmanlarini, shuningdek, boshqa modellardagi ayfonlarni Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn buyurtma orqali xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.