iPhone XS Max savdosi braklar bilan boshlandi!

  •   DiMaX
  •  1460
  •  21.09.2018 18:54

iPhone XS Max savdosi braklar bilan boshlandi!

Apple kompaniyasi iPhone XS hamda iPhone XS Max flagmanlarini 12 sentyabrda, «arzon» iPhone XR smartfoni hamda Apple Watch Series 4 smart-soati bilan birga taqdim etgandi. Bulardan dastlabki ikkitasining savdosi bugun boshlandi, ammo...

O‘QING: Apple’ning taqdimotda hech kim payqamay qolgan yangi gadjetini tomosha qiling! (+video)

Yangi ayfonlar oldindan berilgan buyurtmalar bo‘yicha sotib olgan xaridorlar qo‘liga birinchi bo‘lib yetib bordi. Lekin ularning hammasi ham bundan boshi osmonga yetgudek quvongani yo‘q – ayrim iPhone XS Max’larning ekranida nuqsonlar uchramoqda.

Jumladan, Mustafo Ali ismli foydalanuvchi o‘z Twitter-akkauntida yangi xarid qilgan ayfoni suratini e’lon qilgan. Unda iPhone XS Max displeyidagi uzun tikka chiziq aniq-ravshan ko‘rinib turibdi. Yozishicha, Mustafo yangi ayfonni Sidneydagi Vodafone operatoridan xarid qilgan.

Hozircha kupertinolik korporatsiya bu vaziyat yuzasidan biror izoh bergani yo‘q. Umuman olganda, shikoyatlar hozircha kam, shu bois ham nuqsonlar ko‘lami bo‘yicha biror nima deyishga hali erta.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Apple’ning o‘tgan yilgi superflagmanida ham shunday brak bo‘lgan – AQSh, Kanada, Polsha va Avstraliyadagi xaridorlar uning ekranidagi yashil chiziqdan noligan edi.

O‘QING: iPhone 8 va 8 Plus egalari allaqachon muammolardan shikoyat qila boshlashdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!