iPhone XS Max tannarxini hisoblashdi – Apple insofiniyam «qo‘shib yeb yuborgan» ekan!

  •   DiMaX
  •  4367
  •  26.09.2018 15:19

iPhone XS Max tannarxini hisoblashdi – Apple insofiniyam «qo‘shib yeb yuborgan» ekan!

Kupertinolik korporatsiyaning 12 sentyabrdagi tadbirida iPhone XS, XS Max va iPhone Xr smartfonlarini hamda yangi Apple Watch soati taqdim etilganidan xabaringiz bor. Bulardan dastlabki ikkita rusumdagi ayfoni 21 sentyabrda sotuvga chiqargan va jahon bo‘ylab katta ishtiyoq bilan xarid qilinmoqda.

O‘QING: iPhone Xs Max – eng yangi, tezkor, katta va… qimmat ayfon bilan batafsil tanishamiz!

Apple kompaniyasining smartfonlari raqobatchilaridan ko‘ra ko‘p jihatlari, shu jumladan narxi bo‘yicha ham ajralib turadi. Xo‘sh, shunchalik qimmat bu ayfonlarning ishlab chiqarilishi qanchaga tushadi o‘zi?

Tinib-tinchimagan odamlar kupertinolik texnogigantning eng qimmat telefoni – iPhone XS Max tannarxini hisoblab ko‘rishdi. Ushbu modelning eng kam – 64 gigabaytlik doimiy xotiraga ega modifikatsiyasi narxi 1099 AQSh dollaridan boshlanadi. O‘rtacha – 256 gigabaytligiga minimal 1299 dollar qiymat belgilangan bo‘lsa, eng «bag‘rikeng», ya’ni 512 gigabaytlik ichki xotiraga ega flagman narxi 1499 dollardan boshlanadi.

Aniqlanishicha, xaridorlar orasida eng ommabop bo‘lgan – 256 gigabaytlik iPhone XS Max tannarxi 443 dollarga teng ekan. Bu esa bulturgi iPhone X yubiley superflagmanining tannarxidan atigi 50 dollarga qimmat.

O‘QING: iPhone X tannarxi hisoblandi: qiymatning 74 foizi Apple’ning foydasi ekan!

Aytish kerakki, iPhone XS Max tarkibiy qismlari orasida eng qimmati – uning ulkan ekrani ekan: har biri naq 80,5 dollardan tushyapti. Yangi Apple A12 Bionic chipi va modemlar narxi esa 72 dollarga teng. Tezkor va doimiy xotiralar uchun Apple tegishlicha 64 va 58 dollardan sarflagan, kameralarga esa 44 dollar ketgan. Ularning qiymati iPhone X modelida ham shuncha bo‘lgan edi.

O‘QING: Apple yana AnTuTu’da mutlaq rekord o‘rnatdi – bu gal iPhone XS Max!

Aytish kerakki, yuqorida ta’kidlangan 443 dollar – xotirasi 256 gigabaytlik iPhone XS Max qismlariga ketgan xarajatning o‘zi, xolos. Bunga qo‘shimcha xarajatlar – qurilmaning dizayni ishlab chiqilishi, operatsion tizimning yaratilishi, tarqatilish va reklamaga ketgan sarflar ham qo‘shiladi, albatta. Ammo ularning umumiy qiymatiyam ayfonning tannarxi va bozordagi narxi orasidagi farq – 856 dollarga bormasa kerak!? Axir, kupertinolik gigant bu ayfonini salkam uch baravar qimmatga sotyapti-da!

Shunga qaramasdan, iPhone Xs Max butun dunyoda qiziqish bilan xarid qilinmoqda, jumladan, bizning yurtimizda ham. Saytimizning internet-do‘konida esa uni va boshqa ayfonlarni uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib, onlayn tarzda sotib olishingiz mumkin. Bunda o‘zingizga qulay tarzda to‘lov qilishingiz, haqini xaridingiz qo‘lingizga tekkanidan so‘ng to‘lashingiz kabi imkoniyatlar ham mavjud.

O‘QING: XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)