iPhone Xs taqdimotidan keyinoq Xiaomi uning naq uch baravar arzon klonini namoyish etdi!

  •   DiMaX
  •  2582
  •  14.09.2018 08:29

iPhone Xs taqdimotidan keyinoq Xiaomi uning naq uch baravar arzon klonini namoyish etdi!

Kupertinolik korporatsiya kuni kecha o‘zining kuzgi taqdimot tadbirini o‘tkazgan edi. Unda iPhone XS, XS Max va iPhone Xr smartfonlarini hamda yangi Apple Watch soati taqdim etilganidan xabaringiz bor.

O‘QING: Mate 20 taqdimoti anonsida Huawei yana Apple’ni masxara qildi

Goh samimiy tarzda, gohida esa istehzo bilan «xitoycha Apple» deya tavsiflanuvchi Xiaomi kompaniyasi esa o‘zining shu nomga loyiqligini yana bir bor isbotladi. Ya’ni, aynan iPhone Xs modeliga o‘xshagan o‘zining yangi smartfoni suratini u bilan solishtirib ko‘rsatdi. Kompaniya ushbu tizerni Xitoyning mashhur ijtimoiy tarmog‘i – Weibo orqali e’lon qilgan:

Suratga ilova qilingan yozuvga ko‘ra, 19 sentyabrda biz Mi 8 seriyasidagi yangi smartfonlarni ko‘ramiz. Kuzatuvchilar fikricha, mazkur rasmiy tizerda Mi 8 Screen Fingerprint modelidagi devays aks ettirilgan. Uning yangi iPhone Xs bilan birga va ayni uningdek tillarang tusdagi korpusda aks ettirilgani baribir qiziq.

O‘QING: Hali taqdim etilmagan Xiaomi Mi 8 Youth’ni ham allaqachon sotib olish mumkin!

Xabaringiz borki, Xiaomi kompaniyasi 19 sentyabrda yangi – Mi 8 Youth smartfonini rasman taqdim etadi. Yuqoridagi suratdan so‘ng, Mi 8 Screen Fingerprint Edition  modeli ham shu kuni rasman namoyish etilishi taxmin qilinmoqda.

Nomidan ham ko‘rinib turganidek, Xiaomi Mi 8 Screen Fingerprint Edition modelida barmoq izi datchigi, xuddi premial Mi 8 Explorer Edition flagmanidagi kabi, displeyning o‘ziga joylanadi. Qolgan barcha xususiyatlari bo‘yicha u standart Mi 8’ning vorisi bo‘ladi. Bu smartfon tashqi ko‘rinishi jihatidan iPhone Xs’ga o‘xshab ketsa-da, kupertinoliklarning flagmanidan naq uch baravar arzon turadi.

Eslatib o‘tamiz: «xitoycha Apple»ning aksariyat smartfonlarini, hatto yaqinda taqdim etilgan «Tezkorlik ustasi» – Pocophone F1 hamyonbop flagmanini ham ushbu do‘konimizdan rasmiy kafolati bilan onlayn xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da aksiya: Xiaomi smartfoni xaridida original Mi quloqchini sovg‘a! Narxlar bilan tanishing (2018 yil 7 sentyabr)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!