iPhone XS va XR: Apple’ning yangi flagmanlari Geekbench benchmarkida sinab ko‘rildi.

  •   Saroy
  •  1084
  •  14.09.2018 09:59

iPhone XS va XR: Apple’ning yangi flagmanlari Geekbench benchmarkida sinab ko‘rildi.

iPhone XS o‘tgan yilgi “o‘ntalikning” yaxshilangan versiyasi hisoblanadi, faqat bitta farqi shuki, u  yangi Apple A12 Bionic protsessoriga ega bo‘ldi. Kompaniyaning o‘zi taqdimot marosimida yangi chip avvalgisidan 15 foizga kuchli, deb bayonot berdi. Yangi smartfonlar hali sotuvga chiqarilgani yo‘q, lekin qurilmalarning ishlash samaradorligini Geekbench benchmarkida taqqoslab ko‘rish imkoniyati paydo bo‘ldi.

O‘QING:iPhone X Apple’ning “xit”iga aylanmadi

Ko‘pyadroli rejim: XS Max’da 10266 ochko  va  XR’da 9367 ochko;

Biryadroli rejim: XS Max’da 4813 ochko  va  XR’da 4754 ochko.

Ulkan iPhone XS Max flagmani biroz ustunlikka ega. Uning tezkor xotirasi 4 GB,  iPhone XR’da esa bu ko‘rsatkich bir gigabaytga oz. Yana «yoshlarbop» deyilayotgan smartfonda  bundan ham oz, lekin bu qurilmalarning ishlash natijalarga  ta’sir etgani yo‘q.

Taqqoslash uchun, iPhone X’ning o‘rtacha ishlash samaradorligi  natijasi Geekbench’da ko‘pyadrolisida 10100 ochkoni, bir yadrolisida 4100 ochkoni tashkil etdi.

Ammo nima bo‘lganda ham, benchmarkdagi test  qurilmaning haqiqiy ishlash jarayonidagi ish samaradorligini to‘liq ko‘rsatib berolmaydi. Lekin baribir, ushbu natijalar yangi iPhone’ning kuchi unchalik ham ortmaganini tasdiqlab turibdi. Shu bois o‘tgan yilgi iPhone X hali ham xarid qilish uchun yomon variant hisoblanmaydi.

O‘QING:Yangi iPhone’lar taqdimotidan keyin Apple aksiyalari narxi tushib ketdi