iPhone XS va XS Max egalari yana bir muammoga duch kelishdi

  •   DiMaX
  •  1124
  •  05.10.2018 11:19

iPhone XS va XS Max egalari yana bir muammoga duch kelishdi

Applening bu yilgi flagman smartfonlari dunyo bo‘ylab ishqibozlar tomonidan yaxshi kutib olindi. Ammo bu ayfonlarni ne-ne orzu-umidlar ila qo‘llariga olgan xaridorlardan ayrimlarining hafsalasi pir bo‘la boshladi.

O‘QING: iPhone XS Max savdosi braklar bilan boshlandi!

Endi esa Apple rasmiy texnik qo‘llab-quvvatlash forumida ba’zi foydalanuvchilar yana bitta muammodan shikoyat qilishmoqda. Ularning yozishlaricha, iPhone XS hamda XS Max smartfonlarining ayrim aksessuarlar bilan Bluetooth-ulanmasida uzilishlar yuz berayotir. Bu muammo ko‘pincha Kia, Audi, Subaru, Mercedes avtomobillarining audiotizimi bilan bog‘lanishida uchramoqda. Ammo simsiz quloqchin yoki masofadan ulanuvchi boshqa aksessuarlar bilan bog‘lanishlarda muammo aniqlanmagan.

Bunday holatlarda har qanday foydalanuvchi qo‘llaydigan birinchi chora – smartfonning aksessuar bilan Bluetooth-ulanmasini uzib, qaytadan ulash. Bundayam foyda bermasa – ayfonni o‘chirib-yoqib, so‘ng boshqatdan ulash. Lekin iPhone XS va iPhone XS Max flagmanlaridagi muammoni butkul hal etishga mazkur ikki usul ham yordam bermayapti. Mazkur choralarni qo‘llaganda, ba’zan bir soat, ba’zida ko‘proq vaqt o‘tib, yana uzilish bo‘lyapti.

Onda-sonda bu kabi kamchiliklari uchrab tursa-da, ayfonlarning savdosi baribir yaxshi ketyapti. Kupertinolik korporatsiyaning yangi flagmanlari va turli modellardagi boshqa ayfonlarni Terashop.uz internet-do‘konimizdan onlayn buyurtma orqali xarid qilishingiz mumkin.

O‘QING: XUShXABAR: iPhone Xs hamda iPhone Xs Max endi Terashop.uz’da! Shu va boshqa ayfonlar narxlari bilan tanishing! (2018 yil 24 sentyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!