iPhone Xs va Xs Plus taqdimotiga tayyorgarlikni Samsung may oyidanoq boshlaydi

  •   DiMaX
  •  1482
  •  17.04.2018 14:53

iPhone Xs va Xs Plus taqdimotiga tayyorgarlikni Samsung may oyidanoq boshlaydi

Apple korporatsiyasining har bir yangi iPhone taqdimoti nafaqat kupertinolik gigant uchun, balki uning asosiy raqibi – Samsung uchun ham muhim voqeadir. Buning sababi faqatgina shu ikkalovining smartfonlar bozorida asosiy yetakchi ekanida emas.

Gap shundaki, iPhone’lar uchun OLED-displeylarni aynan Apple’ning ashaddiy raqibi – Samsung korporatsiyasi tayyorlab beradi. Xabarlarga ko‘ra, bu yil taqdim etiladigan ayfon modellari uchun displeylarni tayyorlash ishlarini u may oyidanoq boshlaydi.

Hozirgacha ma’lum bo‘lgan gap-so‘zlarga qaraganda, kupertinolik gigant joriy yilda uchta yangi modelda iPhone taqdim etadi. Ulardan ikkitasiga, xuddi o‘tgan yilgi superflagmandagi kabi OLED-displeylar o‘rnatiladi.

O‘QING: Yangi iPhone'lar muhim jihatdan mahrum bo‘ladi

Yangi xabarlarga qaraganda, OLED-ekranli ayfonlar iPhone Xs va iPhone Xs Plus deb nomlanadi. Bulardan birinchisi nisbatan «kichik» – 5,8 dyuymlik, ikkinchisi esa naq 6,5 dyuymlik ekran bilan jihozlanadi. Apple ularni sentyabr oyidanoq bozorga ham yetkazib berishini aytishmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Samsung may oyida Apple uchun 2-3 millionta displey tayyorlaydi, iyunga borib esa ularni ishlab chiqarish hajmi ikki karraga oshiriladi – oyiga 4-6 million donaga yetkaziladi.

O‘QING: Apple «raskladushka» iPhone chiqarmoqchi, ammo Samsung’dan cho‘chiyapti

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!