iPhone’da batareya quvvatini va internet-trafikni tejashning eng oson yo‘li paydo bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  2527
  •  03.10.2019 15:17

iPhone’da batareya quvvatini va internet-trafikni tejashning eng oson yo‘li paydo bo‘ldi!

Apple korporatsiyasi o‘tgan oyda o‘zbekcha klaviaturali iOS 13 operatsion tizimini chiqargan; undagi o‘zgarishlar va yangilanuvchi iPhone’lar ro‘yxatlarini taqdim etganmiz. Shuningdek, ushbu dasturiy ta’minot yetib kelmayotgan bo‘lsa, ayfonni «majburan» yangilash yo‘llarini ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: DIQQAT: iPhone’ingizni yangilamay turing, agarda...

iOS 13 operatsion tizimi va undan bir necha kun o‘tib taqdim etilgan iOS 13.1 talqinidagi eng foydali funksiyalardan biri – «Ma’lumotlarni tejash», ya’ni «Ekonomiya dannix» opsiyasidir. U nafaqat hisobingizdagi megabaytlaringiz yoki mablag‘laringizni, balki iPhone akkumulyatorining quvvatini ham tejashga yordam beradi.

Ushbu opsiyani yoqish usuli quyidagicha:

  1. iPhone tizim sozlamalariga kirasiz.
  2. Uyali aloqa bo‘yicha internetdan foydalanishni aks ettiruvchi «Sotovie dannie» bo‘limiga o‘tasiz.
  3. «Ekonomiya dannix» bandidagi tumblerni surib faollashtirasiz.

Xo‘sh, «Ekonomiya dannix» rejimi nimalarga ta’sir etadi?

  1. Ilovalarning avtomatik yangilanishi to‘xtatiladi;
  2. Rasmlar va videolar iCloud’ga yuborilmaydigan bo‘ladi;
  3. «Musiqa» hamda «Podkastlar» ilovalaridagi kontentlar avtomatik yuklanmaydi.
  4. App Store videolari avtomatik ijro etilmaydi.
  5. FaceTime ilovasida tasvirning yuqori sifatda uzatilishi o‘chiriladi.

O‘QING: Istalgan smartfonda Android avtomatik yangilanishini o‘chirib qo‘yishning eng oson ikkita yo‘li

Shuningdek, nafaqat mobil tarmoq orqali, balki Wi-Fi orqali ulanganda ham trafik hamda quvvatni tejash mumkin. Buning uchun muayyan Wi-Fi-ulanish sozlamalarida tegishli opsiyani yoqish kifoya:

Agarda kerak bo‘lmay qolsa, «Ekonomiya dannix» opsiyasini xuddi o‘sha joyning o‘zidagi tumblerni teskari tomonga surish orqali o‘chirib qo‘yish mumkin.

O‘QING: Barcha modellardagi iPhone 11’larning mustahkamligini o‘zaro hamda Galaxy Note 10+ bilan solishtiramiz! (uchta drop-test videosi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.