iPhone’da yaxlit sahifaning uzun skrinshoti qanday olinadi?

  •   DiMaX
  •  1210
  •  17.07.2019 12:17

iPhone’da yaxlit sahifaning uzun skrinshoti qanday olinadi?

Ba’zida smartfonda biror veb-sahifadan yoki ilovaning interfeysidan surat – skrinshot olishga to‘g‘ri keladi. Rasmga olinadigan ma’lumotlar ekranga sig‘ib turgan bo‘lsa – mayli, lekin sahifa kattaroq bo‘lsa, uni yaxlit holida suratga olish uchun nima qilish kerak?

O‘QING: Chrome’da yaxlit sahifadan skrinshot olish

Bugun siz bilan iPhone’larda uzun skrinshot olish usullarini ko‘rib chiqamiz. Aniqrog‘i, ayfonga o‘rnatilgan operatsion tizim talqiniga qarab, buning ikkita usuli bor.

iOS 12’gacha tizimli iPhone’larda uzun skrinshot tayyorlash

  1. Agarda smartfoningiz proshivkasi iOS 13 talqinigacha yangilanmagan bo‘lsa, u holda yaxlit sahifadan skrinshot olish uchun sizga Tailor ilovasi kerak bo‘ladi. Uni mana bu havola orqali App Store katalogidan bepul o‘rnatib olishingiz mumkin.

  1. Keyin esa, bitta yaxlit rasm sifatida birlashtirish kerak bo‘lgan sahifaning skrinshotlarini ketma-ket ola boshlaymiz. Bunda har bir suratni olayotganda, oldingisining oxiridagi loaqal bitta qator ko‘rinib turadigan qilib skrinshot qilish kerak:

Eslatib o‘tamiz, Face ID funksiyasi bo‘lmagan iPhone’larda skrinshot olish uchun smartfonni yoqib-o‘chirish hamda «Uyga» tugmachalarini baravariga bosish kerak. Face ID mavjud bo‘lgan modellarda esa – qurilmani yoqib-o‘chirish va ovozini ko‘tarish-pastlatish tugmachalari birga bosiladi.

O‘QING: Android, iOS va Windows Phone’da skrinshot qilish

  1. Skrinshotlar olib bo‘lgach, Tailor ilovasini ochasiz. Ilovaning o‘zi avtomatik tarzda barcha skrinshotlarni yaxlit bitta uzun rasm sifatida tayyorlaydi:

  1. Yakuniy skrinshotni smartfonda saqlab qo‘yasiz, bo‘ldi.

Tailor’ning pulli versiyasi ham bor – unda olingan skrinshot pastki qismida ilovaning belgichasi bo‘lmaydi va reklamalar chiqmaydi.

O‘QING: iOS va Android smartfonlarida reklamadan butkul xalos bo‘lish

iOS 13 tizimli iPhone’larda uzun skrinshot tayyorlash

Agarda ayfoningizni iOS 13 tizimigacha yangilab olgan bo‘lsangiz, uzun skrinshot olishda umuman qiynalmaysiz. Apple dasturchilari ushbu funksiyani proshivkaning o‘ziga tatbiq etishgan – hech qanaqa chet ilovaning keragi yo‘q.

  1. Skrinshotini olish kerak bo‘lgan sahifaga kirasiz va oddiy usulda ekran skrinshotini olasiz.
  2. Keyin skrinshotni dastlabki ko‘rish belgisiga bosib, uni ochasiz. Ekranning yuqori qismida «To‘liq sahifa» «Polnaya stranitsa» opsiyasi ko‘rinadi, o‘shani bossangiz bo‘ldi!

Xo‘sh, sinab ko‘rasizmi?

O‘QING: Ruxsat berilmaydigan joylarda ham skrinshot olish yo‘llari bor!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!