iPhonedan Home tugmasi yo‘qolishi mumkin

iPhonedan Home tugmasi yo‘qolishi mumkin

Kelgusi yilda iPhone ko‘plab o‘zgarishlarga uchraydi. Shu jumladan Home tugmasi yo‘qolishi mumkin.

Piper Jaffray analitigi Jin Manster yangi ayfon diqqatni tortuvchi alfozda yaratilishini aytdi. Smartfon esa Home tugmasini sensorli muqobilga almashtirishi mumkin. Natijada qurilmaning foydali ishchi maydoni kengayadi.

Shu bilan birga kelgusi yildan ayfon yupqalashadi va yon hoshiyalari bo‘lmaydi. Bundan tashqari iPhone 7ning yangi akkumulyatori ustida ish olib borilayotgani ham aytib o‘tildi. Yangi batareya quvvatni uzoqroq saqlaydigan bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.