iPhone’lar qutisidan zaryadnikni olib tashlayotganini Apple’ning o‘zi ham tasdiqladi

  •   DiMaX
  •  915
  •  06.07.2020 14:31

iPhone’lar qutisidan zaryadnikni olib tashlayotganini Apple’ning o‘zi ham tasdiqladi

Apple kuzda taqdim etiladigan iPhone 12’lar qadog‘idan oddiy – simli EarPods quloqchinini olib tashlayotgani haqida yozgan edik. Lekin kupertinolik korporatsiyaning ziqnaligi hali bu bilan ham tugamas ekan...

O‘QING: Apple’cha xasislik: iPhone qutisidan u nafaqat quloqchin, balki eng kerakli yana bir aksessuarni ham olib tashlayapti!

Xullasi kalom, o‘n ikkinchi avlod ayfonlardan tashqari, ular bilan birga chiqadigan yana bitta – iPhone SE Plus (yoki iPhone SE 2 Plus) modelining ham jamlanmasi o‘ta g‘arib bo‘ladi. Apple ularning qutisiga simli quloqchin ham, quvvatlagich ham solmasdan sotuvga chiqaradi!

Turli insayderlar va tahlilchilar bu prognozni aytganlarida, ishonish qiyin bo‘lgandi. Lekin kuni kecha korporatsiyaning o‘zi shunday rejasi borligini boshqacha yo‘l bilan tasdiqladi.

Aniqroq qilib aytganda, Apple o‘z smartfonlarining xaridorlariga elektron pochta orqali so‘rovnoma jo‘nata boshlagan. Bunda u, «Yangi smartfon olganingizdan so‘ng eski iPhone’ning zaryadlash adapterini nima qilgansiz?» deb so‘ramoqda. So‘rovnoma mavzusidan kelib chiqib, bunday elektron maktubni u ikki yoki undan ortiq marta ayfon xarid qilgan mijozlargagina yuboryapti.

O‘QING: Kelajakda iPhone'lar pasport va haydovchilik guvohnomasi o‘rnini bosishi mumkin

So‘rovnomada oldingi iPhone’ning zaryadnigini nima qilganligi haqidagi savolga quyidagi javob variantlari bor:

  • Men uni sotib yubordim
  • Yo‘qotib qo‘ydim
  • Oila a’zolarimdan biriga yoki do‘stimga berdim
  • Uni haliyam uyda ishlatyapman
  • Haliyam uni uydan tashqari (ishxonada, o‘qishda yoki boshqa) joylarda qo‘llayapman
  • O‘zimda turibdi, lekin undan foydalanmayapman

Tahlilchilarning fikricha, mazkur so‘rovnoma yangi chiqadigan iPhone’lar jamlanmasida chindan ham quvvatlash uskunasi bo‘lmasligidan dalolat bermoqda. Korporatsiyaning bunday yo‘l tutishdan maqsadi – navbatdagi smartfonlari tannarxini imkon qadar pastroq qilishdir, zero...

O‘QING: iPhone 12 hatto iPhone SE 2’dan ham ixcham, iPhone 11’dan ham arzon bo‘ladi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!