iPhone’larda yangi muammo yuzaga keldi

  •   DiMaX
  •  1125
  •  08.06.2020 15:04

iPhone’larda yangi muammo yuzaga keldi

Reddit forumida yangi ayfonlar egalari kutilmaganda paydo bo‘lgan nosozlikdan shikoyat qilishmoqda. Blokirovka ekranida g‘alati yashil tasvir yuzaga kelib qolmoqda.

O‘QING: iPhone 12'lar taqdiri yana so‘roq ostida qolmoqda

Ushbu muammo iPhone 11‌, iPhone 11 Pro hamda 11 Pro Max modellarida kuzatilmoqda. Yashil tasvir smartfonning ishlashiga xalaqit bermayapti – qurilmalar blokdan chiqarilganidan so‘ng binoyidek ishlab ketyapti. Xuddi shunday holat ayrim iPhone X, iPhone X Max, iPhone XS va XS Max modellarida ham kuzatilgan, ulardan oldingi ayfonlarda esa bo‘lmagan.

Buning sababi yaqinda tarqatilgan iOS yangilanishidagi bag bo‘lsa kerak, deyishmoqda. Agar shunday bo‘lsa yaxshi – muammoning boisi apparat ta’minotida bo‘lmasa, Apple uni proshivkaning navbatdagi yangilanishi bilan tuzatib yuboradi.

O‘QING: 15 iyungacha Samsung smart-televizorlariga chegirma: bittasidan tejalgan pulga yetti yarimta iPhone SE olish mumkin!