iPhone’ni hozircha yangilamang – internet va Bluetooth ishlamay qoladi!

  •   DiMaX
  •  569
  •  28.12.2019 12:45

iPhone’ni hozircha yangilamang – internet va Bluetooth ishlamay qoladi!

iOS 13 operatsion tizimi taqdim etilganidan so‘ng ko‘plab Apple qurilmalari egalari Wi-Fi bilan bog‘liq muammolarga duch kelishgan edi. Endi esa, uning iOS 13.3 talqini yana ishkal bilan chiqdi...

O‘QING: Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor?

2019 yilning 10 dekabrida tarqatila boshlagan ushbu apdeytdan so‘ng ayrim ayfonlarda mobil internet hamda Bluetooth ulanishi ishlamay qolgan. Ba’zi foydalanuvchilar undan qutulish uchun smartfon sozlamalarini dastlabki holatigacha qaytarib, so‘ng zaxira nusxadan tiklashga majbur bo‘lishgan.

Bundan tashqari, iOS 13.3 versiyasida ham FaceTime bilan bog‘liq muammo bartaraf etilmagan ekan. Shu sababli iPhone hamisha Wi-Fi ulanishidan mobil internetga va aksincha tartibda o‘z-o‘zidan almashaveradi.

Shu sababli, toki Apple bu muammoni biryoqli qilmagunicha ayfonlar egalari o‘z smartfonlarini yangilamay turganlari ma’qul. Shunga qaramay baribir yangilashga qaror qilsangiz, jarayonni boshlashdan avval undagi ma’lumotlarning zaxira nusxasini yaratib, albatta kompyuterda saqlab oling.

O‘QING: iPhone’da batareya quvvatini va internet-trafikni tejashning eng oson yo‘li paydo bo‘ldi!