iPod bilan xayrlashing!

iPod bilan xayrlashing!

Apple o'zining portativ musiqa pleyerlari qatoridagi so'nggi model bo'lgan iPod Touch'ni ishlab chiqarishni to'xtatishini e'lon qildi. Seshanba kuni e'lon qilingan xabarga ko'ra, kompaniya hozirgi iPod Touch'ni "ta'minot tugashigacha" sotishini aytgan. Garchi kupertinoliklar maxsus musiqa pleyerlarini ishlab chiqarishni yakunlayotgan bo'lsa-da, "iPod ruhi" iPhone, iPad va HomePod Mini kabi musiqa ijro etuvchi barcha qurilmalarida yashashini aytadi.

2001-yil 23-oktabrda taqdim etilgan original iPod
Muallif: Apple
2004-yil 20-fevralda taqdim qilingan iPod Mini
Muallif: Apple
2006-yil 25-sentyabrda taqdim qilingan ikkinchi avlod iPod Nano
Muallif: Apple
2007-yil 5-sentyabrda taqdim qilingan birinchi iPod Touch
Muallif: Apple
2012-yil 12-sentyabrda taqdim qilingan yettinchi avlod iPod Nano
Muallif: Apple
2015-yil 15-iyulda taqdim qilingan to'rtinchi avlod iPod Shuffle
Muallif: Apple
2019-yil 28-mayda taqdim etilgan, yettinchi avlod iPod Touch
Muallif: Apple

Apple birinchi original iPod'ni 20 yil oldin taqdim etgan, o'shanda qurilma shunchaki portativ musiqa pleyeri vazifasini bajargan edi va iPod Nano va Shuffle model nomlaridagi bu gadjetlar 2017-yilgacha chiqarilgan. Bu orada kompaniyaning yangi taqdim qilingan iPod Touch qurilmasi ba'zi iPod ishqibozlari tomonidan yangi klassik musiqa pleyeri sifatida qabul qilindi va shu bilan birga u iPhone'ga o'xshash smartfon xohlaydigan, lekin aslida telefonga muhtoj bo'lmaganlar uchun ham ideal gadjet bo'ldi. Apple kecha ishlab chiqarishni to'xtatganligini e'lon qilgan yettinchi avlod iPod Touch pleyeri iPhone 11 taqdim qilingan yil, 2019-da taqdim qilingan va u iPhone 7 bilan bir xil A10 protsessoriga ega edi.

iPod ishlab chiqarishni to'xtatganligini uchun kompaniyani ayblash qiyin, chunki odamlar hozirda o'zlarining smartfonlari mukammal darajada bajara oladigan ikkinchi qurilmani yonlarida olib yurishni xohlashmaydi.

O'QING: Endi Windows 11'ni jismoniy qadoqda sotib olish mumkin!

 
 
 
 
Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!