iPone va iPad’larga hoziroq iOS 14 hamda iPadOS 14 o‘rnatamiz: tayyor havola va yo‘riqnoma

  •   DiMaX
  •  1982
  •  24.06.2020 18:26

iPone va iPad’larga hoziroq iOS 14 hamda iPadOS 14 o‘rnatamiz: tayyor havola va yo‘riqnoma

WWDC 2020 tadbiri doirasida – 22 iyun kuni iOS 14 operatsion tizim talqini namoyish etildi. Bundan tashqari, Apple korporatsiyasi iPad planshetlari uchun iPadOS 14 operatsion tizimini ham taqdim qildi.

O‘QING: To‘rt yil avvalgi smartfon barcha iPhone va iPad’lardan ustun keldi! (AnTuTu reytingi, 2020 yil may)

Apple yuqoridagi operatsion tizim talqinlarini keng foydalanuvchilar ommasiga hali iyulning o‘rtalarida taqdim qiladi. Biroq u ro‘yxatdan o‘tgan dasturchilar uchun allaqachon iOS 14 beta 1 proshivkasini tarqata boshladi.

Lekin dasturchilarga moslangan proshivkalarni oddiy foydalanuvchilar, shu jumladan siz ham hoziroq o‘rnatib olishingiz mumkin. Buning uchun quyidagi yo‘riqnomaga amal qilish lozim:

  1. Qurilmangizdagi Safari brauzerida mana bu havola orqali dasturchi profilini yuklab olasiz.
  2. Dasturchi profilini «Nastroyki» → «Osnovnie» → «Profil» menyusi orqali o‘rnatasiz (keyin devaysni o‘chirib-yoqish kerak bo‘ladi).
  3. Gadjet yonganidan so‘ng «Nastroyki» → «Osnovnie» → «Obnovleniye PO» menyusi yordamida iOS 14 beta 1 proshivkasini yuklab olasiz. Faqat dastlabki kunlarda talabgorlar ko‘pligi uchun uning olinishi ko‘proq vaqt talab etishi mumkin.

iPad egalari ham xuddi shu yo‘riqnomadagi usulda iPadOS 14 operatsion tizimining dasturchilarga mo‘ljallangan beta-versiyasini o‘rnatib olsalar bo‘ladi. Ammo bu proshivkalar hali yakuniy versiya bo‘lmagani uchun, ishlashida kamchiliklar uchrasa hayron bo‘lmang.

Darvoqe, iOS 14 tushadigan ayfonlar ro‘yxatini bu yerda, iPadOS 14’ni qabul qiluvchi aypadlar ro‘yxatini esa mana bu yerda taqdim etganmiz.

O‘QING: Qoraqalpog‘istonlik onaxonga o‘g‘li oltin iPhone X hadya etdi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!