iQOO 10 ilk renderlari tarqatildi

iQOO 10 ilk renderlari tarqatildi

iQOO kompaniyasi keyingi oyda Xitoy bozoriga yangi iQOO 10 seriyasidagi flagmanlarini chiqarishni rejalashtirmoqda. Bo'lajak iQOO 10 Pro rekord darajadagi, 200 Vt tezlikda zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydigan bo'lishi haqidagi ma'lumotlar yaqinda Internetga sizdirilgan edi. Bugun esa smartfonning sifatli renderlari tarqatib yuborildi.

Suratlar bizga iQOO 10 orqa tomoni dizayni bilan tanishish imkonini beradi. Ko'rish mumkinki, smartfon yaxshigina kattalikdagi kamera oroliga ega va uning ichida uchlikda kamera sensorlari va LED chirog'i joylashgan. Shuningdek, orqa panel ikki xil rangli bo'lib, qora variantdagi modelning kamera orolidan pastki qismiga tekstura tushirilgan. Lekin bu hali hammasi emas. Kamera yoniga tushirilgan Gimbal Stabilization yozuvidan bilish mumkinki, qurilma gimbalga aksessuariga o'xshagan stabilizatsiya xususiyatiga ega bo'ladi.

Afsuski, iQOO 10 yoki 10 Pro xususiyatlari haqidagi boshqa ma'lumotlar hozircha mavjud emas.

O'QING: Nothing phone (1) ichki xususiyatlari haqidagi ma'lumotlar tarqatildi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!