iQOO 9 va iQOO 9 Pro smartfonlari taqdim etildi

iQOO 9 va iQOO 9 Pro smartfonlari taqdim etildi

Kecha vivo subbrendi bo‘lgan iQOO ikkita yangi smartfonni taqdim etdi. iQOO 9 va iQOO 9 Pro qurilmalarining orqa paneliga BMW M mashinasining chiziqlari tushirilgan maxsus talqini mavjud. 

O‘QING: Rangini o‘zgartira oladigan vivo V23 va V23 Pro qurilmalari taqdim etildi 

iQOO 9 

Ushbu smartfon 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.78 dyuymli AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Displey 1080x2400 rezolyutsiyada bo‘lib, uning maksimal yorqinligi 1,500 nitni tashkil qiladi. 

Qurilmaga Samsung kompaniyasining f/1.75 diafragmadagi 50MP ISOCELL GN5 sensori asosiy kamera sifatida o‘rnatilgan. Shuningdek, smartfon 13MP ultrakeng kamera va 2x zumni qo‘llab-quvvatlovchi 12MP telefoto kamera bilan jihozlangan. 

Qurilmaning selfi kamerasi 16 megapikselni tashkil qiladi. 

iQOO 9 modeliga 8/12GB tezkor va 256/512GB UFS 3.1 doimiy xotira bilan birga ishlovchi Snapdragon 8 Gen1 chipi o‘rnatilgan. Smartfon 120 vattda quvvat oluvchi 4,700 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. 

Qurilma to‘liq quvvatlanish uchun 19 daqiqa vaqt sarflaydi. U Android 12 operatsion tizimiga asoslangan OriginOS Ocean grafik qobig‘ida ishlaydi. 

iQOO 9 uch xil rangda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha: 

iQOO 9 (8/256GB) - 629 dollar

iQOO 9 (12/265GB) - 692 dollar

iQOO 9 (12/512GB) - 755 dollar 

Qurilma faqat Xitoy bozorida sotuvga chiqariladi. Hozircha uning xalqaro bozorga sotuvga chiqishi noma’lum. 

iQOO 9 Pro 

Pro modelga 6.78 dyuymli ikki tomoni qayrilgan AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Uning rezolyutsiyasi 1440x3200 pikselga oshirilgan. Qurilmada LTPO 2.0 paneli bo‘lib, u joriy kontentga qarab 1-120Hz chastotada ishlashi mumkin. 

Pro model ham Snapdragon 8 Gen1 chipida ishlaydi. Unga 50MP asosiy kamera, 50MP ultrakeng kamera va 2.5x zumni qo‘llab-quvvatlovchi 16MP telefoto kamera o‘rnatilgan. Qo‘rilmaga ham oddiy model kabi 16MP selfi kamera o‘rnatilgan. 

iQOO 9 Pro'ga ham 120 vattda quvvat oluvchi 4,700 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlangan. Biroq oddiy modeldan farqli o‘laroq, Pro model 50 vattda simsiz quvvat olishi hamda 10 vattda o‘zidan quvvat berishi mumkin. Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan OriginOS Ocean operatsion tizimida ishlaydi. 

iQOO 9 Pro ikki xil rangda taqdim etildi. Uning narxi quyidagicha: 

iQOO 9 Pro (8/256GB) - 786 dollar

iQOO 9 Pro (12/256GB) - 856 dollar

iQOO 9 Pro (12/512GB) - 943 dollar 

Ikkala qurilma 12 yanvar sanasida sotuvga chiqadi. 

O‘QING: realme GT 2 seriyasi taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!