iQOO ham Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etadi

iQOO ham Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan smartfonni taqdim etadi

Yaqin orada to‘rtta modeldagi iQOO smartfonlari taqdim etiladi. Ularning ikkitasi iQOO 9, ikkitasi esa iQOO Neo 5s seriyasiga tegishli bo‘ladi. 

Weibo'ning ma’lumotlariga ko‘ra, Neo 5s modellari Snapdragon 888 chipi, iQOO 9 esa Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlanadi. 

iQOO 9 smartfoni 2022 yilning yanvar oyida sotuvga chiqariladi. Qurilma 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi AMOLED displeyiga ega bo‘ladi. Shuningdek, u 120 vatt quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. 

iQOO Neo 5s esa 8GB tezkor xotira hamda 128GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Smartfon OriginOS Ocean grafik qobig‘ida ishlashi taxmin qilinmoqda. 

O‘QING: Snapdragon 8 Gen1 chipiga ega bo‘lgan ilk smartfon taqdim etildi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.