iQOO Neo 5 5G – flagman chipli geymerofon atigi 384 dollardan!

  •   DiMaX
  •  672
  •  17.03.2021 12:04

iQOO Neo 5 5G – flagman chipli geymerofon atigi 384 dollardan!

2021 yilning fevral oyida AnTuTu benchmarkida tekshirib ko‘rilgan flagmanlarning xitoycha reytingi va global reytingini e’lon qilganmiz. Ularning har ikkalasida ham bitta – iQOO 7 modeli yetakchilikni qo‘lga kiritgan.

O‘QING: Eng ko‘p qaysi smartfonlarning qalbakilari chiqyapti? (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Eng kuchli flagmanning ijodkori – Vivo kompaniyasining o‘yin qurilmalariga ixtisoslashgan iQOO brendi o‘zining navbatdagi smartfonini namoyish etdi. iQOO Neo 5 (yoki iQOO Neo 5 5G) rusumli ushbu qurilma o‘z narxi doirasida kuchli texnik jihatlari bilan geymerlar e’tiborini jalb etishi aniq.

Smartfon diagonaliga 6,62 dyuymlik, AMOLED matritsali ekran bilan jihozlangan va uning maksimal yorqinligi 1300 nitni tashkil etadi. Displeyning tasvir uzatishi Full HD+ formatida (2400x1080 piksellik) bo‘lsa, kadr yangilanish chastotasi 120 gersga teng, sensor qatlamining chastotasi esa 1000 garsga yetadi! Unga o‘ziga o‘yin rejimida kadrlarning yuqori chastotasini ta’minlab turuvchi, qizib ketishning oldini oluvchi va quvvatni tejovchi maxsus Pixelworks X5 Pro chipi integratsiya qilingan.

iQOO Neo 5 bosh kamerasidagi asosiy modul 48 megapiksellik aniqlikda va tasvirni optik barqarorlashtirish tizimiga ega. Ikkinchi sensor 16 MPlik bo‘lib, o‘ta keng burchakli ob’yektiv bilan birikkan. Uchinchi datchik esa 2 megapiksellik bo‘lib, sahna chuqurligini aniqlashga xizmat qiladi.

Geymerofonning old kamerasi ekranning yuqori qismi markazidagi tirqishga o‘rnatilgan va 16 megapiksellik aniqlikka ega. Darvoqe, barmoq izi datchigi ham displeyning o‘ziga joylashtirilgan.

Vivo ushbu mahsulotini Qualcomm kompaniyasining Snapdragon 870 chipseti asosida tayyorlagan. Bu protsessor ham amerikalik chipsozning flagmani – Snapdragon 888 chipidan qolishmaydi, masalan...

O‘QING: Snapdragon 870 chipli bu Xiaomi smartfoni Snapdragon 888 protsessorli Galaxy S21 Ultra’ni mag‘lub etdi! (video)

iQOO Neo 5 smartfonida tok sig‘imi 4400 mA/soatlik akkumulyator qo‘llangan va u 66 vattlik tezkor quvvatlana oladi. Qurilma eng so‘nggi – Android 11 operatsion tizimi ustiga qurilgan OriginOS grafik qobig‘i bilan taqdim etilgan. Unda suyuqlik asosidagi sovitish tizimi qo‘llangan – o‘yinlar jarayonida bu juda muhim.

Xitoyda ushbu smartfon qoramtir ko‘k, och moviy va zarg‘aldoq rangli korpuslarda, 22 martdan savdoga chiqadi. Unga tezkor/ichki xotirasi hajmiga ko‘ra quyidagicha narxlar belgilangan:

8/128 gigabaytlik iQOO Neo 5 5G – 384 dollar;

8/256 gigabaytlik iQOO Neo 5 5G – 415 dollar;

12/256 gigabaytlik iQOO Neo 5 – 461 dollar.

Vivo mazkur geymerofonini o‘z yurtidan tashqarida sotishi haqida hozircha biror ma’lumot yo‘q.

O‘QING: AnTuTu reytingi: O‘z egasini rozi qilgan o‘nta Android-smartfon (2021 yil fevral)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!