iQOO Neo 5S va Neo 5SE smartfonlari taqdim etildi

iQOO Neo 5S va Neo 5SE smartfonlari taqdim etildi

IQOO brendi kecha Snapdragon 888 chipi bilan jihozlangan Neo 5S hamda Snapdragon 870 chipiga ega bo‘lgan Neo 5SE smartfonlarini taqdim etdi. Ushbu smarfonlar, shuningdek, tezkor quvvatlash texnologiyasi hamda takomillashgan sovutish tizimiga ega. 

O‘QING: Huawei P50 Pocket'ga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi 

Neo 5S smartfoni flagman darajadagi texnik jihatlarni, Neo 5SE esa o‘rta darajadagi texnik jihatlarni taqdim etadi. 

vivo iQOO Neo 5S 

Snapdragon 888 chipi bilan jihozlangan ushbu smartfon 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlovchi 6.62 dyuymli FullHD+ AMOLED displeyiga ega. Displey yuqori qismining markazidan yumaloq tirqishli 16MP selfi kamera o‘rin olgan. 

Kamera texnik jihatlari bo‘yicha smartfon maqtana olmaydi. Qurilmaning orqa panelidagi kameralar modulida 48MP asosiy kamera, 13MP ultrakeng kamera hamda 2MP makro kamera joylashgan. 

Neo 5S smartfoniga 66 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. 

Smartfon Android 12 operatsion tizimiga asoslangan OriginOS Ocean grafik qobig‘ida ishlaydi. Qurilmaning narxi taxminan 423-500 dollar orasida bo‘lib, uning to‘q sariq, ko‘k, qora rangli turlari mavjud. 

vivo iQOO Neo 5SE 

Snapdragon 870 chipida ishlovchi Neo 5SE esa 144Hz ekran yangilanish chastotasi hamda 240Hz sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6.67 dyuymli LCD displeyi bilan jihozlangan. 

Qurilmaga 50MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 2MP makro kamera o‘rnatilgan. Selfi kameraning rezolyutsiyasi esa 16 megapikselni tashkil qiladi. Xuddi Neo 5S kabi 5SE ham 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega biroq, SE model 55 vattda quvvat oladi. 

Qurilma Android 12 operatsion tizimiga asoslangan OriginOS Ocean grafik qobig‘ida ishlaydi. Uning narxi xotira hajmiga qarab taxminan 344-407 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Oppo Find N buklamafoni taqdim etildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!