IShIDchilar Telegram’dan foydalangani uchun Eron hukumati Durovga qarshi jinoiy ish ochdi

  •   DiMaX
  •  839
  •  27.09.2017 18:45

IShIDchilar Telegram’dan foydalangani uchun Eron hukumati Durovga qarshi jinoiy ish ochdi

«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ining hamda Telegram messenjerining asoschisi Pavel Durovga qarshi Eron hukumati jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Bu haqdagi xabar mamlakatning ISNA axborot agentligi saytida nashr etilgan, deb yozadi Futurist nashri.

Eron prokuraturasining ta’kidlashicha, jinoiy ish ochishga asos – Telegram ilovasining «Islom davlati» terrorchilik guruhi a’zolari orasida ommaviyligi ekan. Tehron prokurori Abbos Ja’far Davlatobodiyning fikricha, bu messenjerdan giyohvandlik moddalari va odamlar savdosi maqsadlarida, shuningdek, bolalar pornografiyasini tarqatishda foydalanar emishlar.

Durov o‘zining tvitter-akkauntida, buni eshitib hayron qolganini yozgan. Uning so‘zlariga qaraganda, Eron hududida terroristik va pornografik kontent muntazam tarzda bloklanadi.

Keyinchalik u, messenjer moderatorlari jamoasi bilan bog‘langanligini ma’lum qilgan. Ular terrorchilik va pornografiya bilan bog‘liq minglab kanallarni bloklaganlariga Durovni ishontirishgan.

Voqealar rivojini biz bilan kuzating.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!