Ishlab chiqaruvchi aldayapti: smartfoningiz u aytganidan ko‘proq ishlashiyam mumkin!

  •   DiMaX
  •  1202
  •  07.05.2019 11:41

Ishlab chiqaruvchi aldayapti: smartfoningiz u aytganidan ko‘proq ishlashiyam mumkin!

Turli smartfonsozlar o‘z mahsulotlarining akkumulyatorlari qancha vaqtga yetishini ham aytishadi, ammo bu ko‘rsatkichlar nisbiy ekanini barchamiz bilamiz. Xo‘sh, qanchalik nisbiy, ularning quvvati aytilganidan ko‘ra qanchalik kam yoki ko‘p vaqtga yetadi – hech qiziqib ko‘rganmisiz?

O‘QING: Dunyodagi eng chidamli smartfon hech kimga keraksiz bo‘lib chiqdi!

Buyuk Britaniya iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi Which? Assotsiatsiyasi shunga qiziqib, maxsus tadqiqot o‘tkazib ko‘rdi. Ular turli ishlab chiqaruvchilarning smartfonlari avtonomligini sinab ko‘rib, shunday xulosaga kelishgan: batareyaning quvvati qanchaga yetishi borasida ayrim smartfonsozlar ko‘rsatkichlarni oshirib ko‘rsatishgan bo‘lsa, boshqalari aksincha – kamaytirib ko‘rsatishgan ekan!

Jumladan, Nokia smartfonlari so‘zlashuv rejimida ishlatilganida, batareyasining quvvati o‘rtacha 16,9 soatga yetishi aytilgan, ammo amalda ularning kuchi 18,2 soatgacha yetgan! Samsung o‘z smartfonlarida  21,1 soatgacha gaplashish mumkinligini e’lon qilgan bo‘lsa-da, ularning akkumulyatori o‘rtacha 23,3 soatgacha turib bera olgan.

Sony telefonlarining batareya quvvati esa kompaniya aytgan 12,6 soat o‘rniga 16 soatgacha yetar ekan. Masalan, Xperia Z5 Compact akkumulyatorining quvvati ishlab chiqaruvchi va’da qilganidan naq 9 soatga ko‘p vaqtga yetib, u so‘zlashuv rejimida 25 soatu 52 daqiqa ishlagan!

O‘QING: Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?

Mana, batareya ko‘rsatkichlari quyida taqqoslab ko‘rsatilgan – «Claim» so‘zi smartfonsoz va’da qilgan, «Actual» esa – amalda isbotlangan avtonomlik vaqtidir:

Ammo ayrim kompaniyalar smartfonlari ular va’da qilganidan kamroq vaqt ishlay olishi ham aniqlangan. Masalan, iPhone XR so‘zlashuv rejimida 16 soatu 52 daqiqagina ishlay olgan, Apple esa bu rejimda uning quvvati «25 soatgacha» yetishini da’vo qilgan. HTC masalasida undan sal yaxshiroq: uning smartfonlari quvvati o‘rtacha 20,5 soatga yetishi aytilgan bo‘lsa, amalda 19,6 soatga yetgan.

Umuman olganda, Apple saytida yozilishicha, akkumulyatorning aytilgan ko‘rsatkichga erishuvi tarmoq sozlamalari va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Which? tashkiloti esa to‘qqizta modeldagi iPhone’ni sinab ko‘rgan, ammo ularni qanday sharoitlarda testdan o‘tkazganini aytmagan. Tajriba natijalariga ko‘ra, ayfonlar quvvati Apple va’da qilganidek o‘rtacha 19,4 emas, balki 14,8 soatga yetgan.

O‘QING: Mutaxassislar iPhone’ni tun bo‘yi quvvatlashga qo‘yish haqida kutilmagan maslahat berishdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!