Ishlab turgan Apple AirPods quloqchini portlab ketdi

  •   DiMaX
  •  1141
  •  09.02.2018 15:45

Ishlab turgan Apple AirPods quloqchini portlab ketdi

Mobil telefonlar yoki ularning aksessuarlari va qismlari o‘z-o‘zidan qizib, tutab, yonib va hatto portlab ketishi bilan bog‘liq hodisalar uchrab turadi. Bu kabi baxtsiz hodisalar istalgan bir smartfonsozning mahsuloti bilan yuzaga kelishi mumkin.

O‘QING: iPhone akkumulyatori tutashi oqibatida ikki kishi kasalxonaga yotqizildi

AQShning Florida shtatida yashovchi Jeyson Kolon foydalanayotgan Apple AirPods simsiz quloqchini ham bevosita foydalanish jarayonida portlab ketdi, deb yozadi Mashable nashri.

Xabarga ko‘ra, Kolon quloqchin orqali musiqa tinglaganicha fitnes-klubda sport bilan shug‘ullanayotganida, o‘ng tomonidagi quloqchin o‘zidan oq tutun chiqara boshlagan. Shunda uni qulog‘idan olib, trenajer ustida qo‘yganicha, yordam so‘rash uchun administrator oldiga ketgan. Jeyson qaytib kelganida, quloqchin allaqachon portlab ketgan ekan.

Aytish kerakki, bu – Apple AirPods portlashi bilan bog‘liq ilk va hozircha yagona holatdir. Apple bu bo‘yicha tekshiruv ishlarini olib borishga, sabablariga aniqlik kiritishga va’da bergan.

O‘QING: iPhone originalligini tishlab ko‘rib tekshirishdi, natijasi dahshat! (video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!