Ishlayotgan holdagi Galaxy S20+ «jonli» video, rasmlar va skrinshotlarda!

  •   DiMaX
  •  4981
  •  15.01.2020 10:38

Ishlayotgan holdagi Galaxy S20+ «jonli» video, rasmlar va skrinshotlarda!

Samsung kompaniyasi 11 fevralda Galaxy S20 turkumi smartfonlarini namoyish etadi. Ushbu lineykaga standart flagmandan tashqari Galaxy S20 Plus hamda Galaxy S20 Ultra modellari ham kirgan.

O‘QING: Rekordchi flagman – Galaxy S20 Ultra xususiyatlari hayratga soladi!

XDA Developers resursi bosh muharriri Maks Vaynbax (Max Weinbach) kuni kecha Samsung Galaxy S20+ flagmanining birinchi «jonli» suratlarini e’lon qilgan va bunda ushbu smartfonning antiqa o‘ziga xosligi ma’lum bo‘lgan edi. endi esa u mazkur flagmanni videorolikda ko‘rsatdi:

Ko‘rib turganingizdek, Galaxy S20 Plus’ni har tomonidan namoyish etishgan; oxirida esa, uning maket emas, balki haqiqiy ishlayotgan smartfon ekanini ko‘rsatish uchun ekranini yoqishgan.

O‘QING: Antiqa reyting: 2019 yilda qaysi smartfonlarni ko‘proq soxtalashtirishgan?

Maks Vaynbax e’lon qilgan yangi suratlarda Galaxy S20+ modelini «ajdod»i – Galaxy S10+ bilan taqqoslab ko‘rsatishgan:

Yangi flagmanning korpusi ham, ekrani ham bulturgisidan anchagina katta ekan.

O‘QING: JerryRigEverything videoreytingi: 2019 yilning eng, eng, eng... smartfonlari

Boshqa bir suratda esa Samsung Galaxy S20+ blokirovka ekrani, undagi daktiloskopik skanerda barmoq izini ro‘yxatga olish jarayoni hamda displey sozlamalari ko‘rsatilgan:

Darvoqe, Galaxy S20+ modeli Samsung’ning ushbu turkum flagmanlari orasida 3,5 millimetrlik audiotirqishsiz ilk smartfon ham bo‘layotir.

O‘QING: Birovning ustidan kulmagin zinxor... Yoxud, audiotirqish mashmashasi

Eng asosiysi – quyidagi skrinshotlarda Galaxy S20+ smartfonining ko‘plab texnik jihatlari oshkor etilgan:

Demak, mazkur smartfon diagonaliga 6,7 dyuymlik, tasvir aniqligi 3200x1440 piksellik Dynamic AMOLED ekran bilan jihozlangan. Bosh kamerasi 12 + 12 + 64 MPlik datchiklar va ToF-kamerani o‘z ichiga oladi. Barmoq izi skaneri – ekranosti ultratovushli daktiloskop, «elektron yuragi» – Qualcomm Snapdragon 865 yoki Exynos 990 (sotiladigan hududiga bog‘liq holda) protsessori. Uning LPDDR5 turiga mansub tezkor xotirasi 12 gigabaytlik, UFS 3 toifali ichki xotirasi bo‘lsa 128 dan to 512 GBgacha hajmli. Galaxy S20+ akkumulyatori 4500 mA/soatlik bo‘lib, 25 vattlik texnologiya asosida tezkor quvvat oladi.

Galaxy S20 turkumi flagmanlari 11 fevraldagi Galaxy Unpacked tadbirida, Samsung’ning yana bir innovatsion smartfoni – Galaxy Z Flip bilan birga namoyish etiladi.

O‘QING: 11 fevralda chiqayotgan Galaxy Z Flip smartfonini «jonli» rasmda ko‘ramiz