Ishonasizmi, AKT vazirligi 5G tarmoqlarini qurish bo‘yicha takliflar so‘rayapti!

  •   DiMaX
  •  860
  •  10.07.2019 15:15

Ishonasizmi, AKT vazirligi 5G tarmoqlarini qurish bo‘yicha takliflar so‘rayapti!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O‘zbekistondagi operatorlar, provayderlar va telekommunikatsiya uskunalari ta’minotchilaridan 5G tarmoqlarini qurish bo‘yicha takliflar taqdim etishlarini so‘raydi. Bu haqda Vazirlikning sayti orqali Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: Niderlandiyada yuzdan ortiq qushning o‘limiga sabab bo‘lgan 5G sinovini UzMobile O‘zbekistonda ham o‘tkazdi

Takliflar quyidagilar kiritilishini nazarda tutadi:

- 5G tarmog‘ini qurish bo‘yicha sinov sxemasi;

- texnologiyalar va yechimlar ta’minotchilarini qo‘shgan holda, taklif etilayotgan 5G qurilmasi hamda maqsadli oxirgi foydalanuvchilar;

- mavjud zarur resurslar, O‘zbekistonda 5G demonstratsion loyihasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba va moliyalashtirish haqida ma’lumotlar;

- biznes-modelni amalga oshirish bo‘yicha butun respublika bo‘ylab keng miqyosda foydalanish variantini qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi yo‘nalishlar kiritilgan holda, takliflar:

- qishloq xo‘jaligi;

- aqlli transport;

- aqlli shahar;

- xavfsiz shahar;

- ta’lim;

- sog‘liqni saqlash;

- sanoat;

- imkoniyati cheklangan insonlar uchun loyihalar.

Nima deysiz – sizningcha, beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i bizda qachon joriy etiladi? Bu boradagi fikrlaringizni ijtimoiy tarmoqlardagi, masalan – Feysbukdagi rasmiy sahifamizda yozib qoldirishingiz mumkin.

O‘QING: Atigi 289 dollarlik 5G-smartfon iyundayoq chiqadi va keyin u 145 dollargacha arzonlashadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!