Ishonasizmi? Huawei’ning «egiluvchan» smartfoni 5G modulida ishlaydi

  •   Saroy
  •  581
  •  20.09.2018 10:53

Ishonasizmi? Huawei’ning «egiluvchan»  smartfoni  5G modulida ishlaydi

Huawei Bosh direktori Richard Yuy yaqinda kompaniya ishlab chiqarayotgan egiluvchan ekranli smartfon shaxsiy kompyuter o‘rnini bosishi kerakligi haqida so‘zlab bergandi. Bugun kompaniyaning boshqa bir vakili qurilma haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni oshkor qildi.

Tyanszinda bo‘lib o‘tgan butunjahon iqtisodiy forumida u Huawei’ning 5G modulida ishlaydigan ilk smartfoni kelasi yilning o‘rtalarida chiqishi haqida ma’lum qildi. Darvoqe, bu xabar unchalik yangi emas, ammo qiziq tomoni shundaki, yangi qurilma ma’lumotlarni yanada tezroq uzatishni ta’minlaydigan 5G moduli bilan ta’minlanadi.  «Apparat avvalgilaridan 100 barobar tez ishlaydi va egiluvchan smartfoningizning katta ekranida HD-video ko‘rib maza qilasiz», dedi u.

O‘QING:Samsung Galaxy X: egiluvchan smartfonning ilk tasvirlari

Huawei, smartfon sotish bo‘yicha Apple’dan o‘zib ketdi va endi ilg‘orlikni qo‘ldan bermaslikka harakat qilayotgan Samsung kompaniyasini ham quvib o‘tib, birinchi o‘ringa chiqib olishni ko‘zlamoqda. O‘z navbatida, koreyalik ishlab chiqaruvchi ham ayni paytda, ham 5G moduli ustida, ham egiluvchan smartfon ustida  ish olib bormoqda. Faqat u yagona gadjet bo‘ladimi yoki boshqa-boshqa gadjetmi hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING:5G’ni qo‘llab-quvvatlaydigan ilk smartfon: Samsung egiluvchan smartfonni boshqalardan avval chiqarmoqchi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!