Ishonchli parol qanday yaratiladi, yana uni eslab qolish ham kerak

  •   Saroy
  •  2724
  •  18.10.2018 17:54

Ishonchli parol qanday yaratiladi, yana uni  eslab qolish ham kerak

Reper Kane Uest  AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashganida smartfonining parolini bildirib qo‘ydi. Xonandaning fantaziyasiga “qoyil” qolmasdan iloj yo‘q, arang «000000»ga yetibdi. Har qanday sodda kombinatsiya qonunbuzarlarga shaxsiy ma’lumotlaringizni qo‘lga kiritish uchun osongina yo‘l ochib beradi: foto, yozishmalar, bank hisobi. Quyida reper Kane Uestga o‘xshamaslik qanchalik muhim ekanini hamda har tomonlama mukammal parolni qanday yaratish kerakligini tushuntirishga harakat qilamiz.

Nega yengilgina parolimni almashtirishim kerak?

Chunki bir kun kelib, gadjetingiz yo‘lida xaker paydo bo‘ladi. U dastur va oddiy saralash yordamida sizning “dohiylarcha” o‘ylab topgan  QWERTY yoki  «000000» (yana 123456789 va boshqa axmoqona variatsiyalar) parolni osonlikcha topa oladi. Yaxshiyamki, sizda bular bo‘lmasga tushgan rasmlar yoki ma’nisiz dialoglardan boshqa narsa yo‘q.

O‘QING:Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?

Agar sizning smartfoningiz paroli 0000 bo‘lsa va siz uni yo‘qotib qo‘ysangiz yoki transportda unutib qoldirsangiz, istagan odam gadjetingizni ochib, ichidagilarga egalik qila oladi. Sizga shu kerakmi, yaxshi va ishonchli parollarni qo‘ysa bo‘ladi-ku. Qolaversa, yaxshi parolni eslab qolish ham o‘ta muhim masala ekanini unutmang?

Mnemonikadan (xotirada tutish texnikasi) foydalaning

Parolni mnemonikali iboralarga aylantiring. Mnemonika – bu har qanday murakkabliklarni osonlikcha eslay oladigan texnikalar majmui.

Porallar generatori sizga 3bOc7lMni berdi. Ushbu kombinatsiyani o‘zimizcha yoyib o‘qiymiz. Masalan,  «3 big Owls catched 7 little Mice» (uchta katta boyqush 7 ta kichkina sichqonni tutdi). Agar xohlasangiz teskarisini qiling: jumlalarni o‘ylab toping va raqamlang.

Telefonni ochish uchun parol ham mnemonika usulida xotiraga mixlanishi kerak. Deylik,  916145 raqamlarini SSSRning parchalanishi yili deb o‘qish mumkin (1991), Gagarin kosmosga parvoz qilgan yil (1961) va ikkinchi Jahon Urushi (1945). Xotirangizda qolgan sanani qisqartirishga harakat qiling, lekin odatdagi sanani, ya’ni o‘zingizning to‘g‘ilgan yilingizni emas. Yaxshisi tarix yoki sport bilan bog‘liq raqamlar bo‘lsa yanayam yaxshiroq bo‘ladi. Masalan, 07072018 – Rossiyaning futbol bo‘yicha  milliy terma jamoasi jahon chempionatining chorak finalida o‘ynagan kun. 

Mnemonika qoidasi shakllar uchun ham tanlanadi. Unda barmoq harakati bilan kerakli shakl chiziladi. Parol 324789 bizga baliq qarmog‘ining ilmog‘ini eslatadi. O‘zingizning kombinatsiyangizni o‘ylab toping.

O‘QING:Chrome’dagi barcha parollarni endi alohida faylga saqlash va boshqa menejerga o‘tkazish mumkin!

Odatdagi parolni noodatiy qiling

Agar erinchoqlik qilib eng oson parol yasagan bo‘lsangiz ham, uni shunday o‘zgartirish mumkinki, natijada parolni ochish yanada murakkablashadi.

Agar sizga Kane Uest yoqdimi, uning ismi va familiyasini olingda ularga harf bo‘lmagan belgi yoki raqamlarni qo‘shing. Masalan, K6nye~W3$t  deb.  Endi siz ushbu xonandaning eng ashaddiy muxlisi ekanligingizni hamma bilsa ham, uni topish murakkabroq. Shunday yo‘l bilan hamma narsani qiyinlashtirsa bo‘ladi. Masalan Semenov familiyasi  S[m]n0v poroliga aylanadi, Dmitriy ismi esa Dm1+r1y poroliga.

Uzun jumla o‘ylab toping

Agar kiritilgan dollar belgilari va raqamlar sizning miyangizni charchatib yuborgan bo‘lsa, faqat harflar bilan masalani hal etishni taklif etamiz. Boshqalarning yetti uxlab tushiga ham kirmaydigan uzun jumla o‘ylab toping yoki eslang. Maktab davridagi hazil, sevimli so‘kinish yoki kurakda turmaydigan so‘zlar yig‘indisi, muhimi, jumlalardan to‘qigan  parolingizni  o‘zingiz ham qattiq eslab qolishingiz kerak.

Usullarning yetishmasligi, ya’ni servislar ko‘pincha, parol uzunligini chegaralab qo‘yadi. Shunday ekan, qisqa so‘zlardan foydalaning, masalan, mad duck cut throat va parolni buzib kirishni qiyinlashtirish uchun so‘zlarga belgilarni, raqamlarni, katta va kichkina harflarni qo‘shing.

O‘QING:Parolingizni buzish qanchalik oson? Buni onlayn tekshirish yo‘li bor!

Parolni qo‘riqlang

Maqul parolni o‘ylab topdingizmi, endi asosiy vazifa uni boshqalarga bildirib qo‘ymaslik. Parolni to‘g‘ri kelgan odamga jo‘natavermang, uni monitorga stikerda yopishtirib saqlamang va telefonga ovoz chiqarib yozib olmang.

Ba’zan odamlar, yaratilgan kodlashtirilgan kombinatsiyalarni qog‘ozga yozib olib o‘zlari bilan olib yuradi yoki telefonda saqlaydi.

Bu nodonlik: telefonni yoki hamyonni yo‘qotdingizmi, siz pulingizdan ham foydalana olmay qolasiz, ehtimol tovlamachilikka ham duch kelishingiz mumkin.

Parolni ko‘chirayotganda servislardan foydalaning, chunki u xabarni bir ko‘rib bo‘lganingizdan keyin o‘chirib yuboradi, OneTimeSecret kabi. Agar ko‘plab  parollarni joriy qilgan bo‘lsangiz ishlash uchun maxsus parol menejerlaridan foydalanishni taklif etamiz. Agar kimgadir gadjetingizni bergan bo‘lsangiz va u hamma yoqni titib chiqqan bo‘lsa, yaxshisi, parolni yangisiga almashtiring.

Parollar menejeridan foydalaning

Bunday servislar sizning hamma parollaringizni saqlaydi. Menejerlar kompyuterlarda ham, smartfonlarda ham ishlaydi. Bepul versiyasi ham, pullik versiyasi ham bor, ularning o‘rtasida katta farq yo‘q. Muhimi, barcha parolingizni bir joyga yig‘ib himoya qilsa bo‘ldi.

O‘QING:Turli brauzerlarda saqlangan parollarni ko‘rish yo‘llari

Tabiiyki, parollar menejeriga ham alohida o‘zi uchun parol kerak bo‘ladi. Lekin u bitta bo‘ladi. Shuning uchun yuqoridagi maslahatlarga quloq solib, qulay va ishonchli parol o‘ylab toping.

Qo‘shimcha himoya funksiyasi ham bor

Parol bu parol, lekin uni aylanib o‘tadigan tirqishlarni ham esdan chiqarmaslik zarur. Sizning pochtangizga go‘yo parolni esdan chiqarib qo‘yganini aytib, shaxsiy savollar yordamida uni tiklamoqchi bo‘lishi mumkin. O‘zingizning xavfsizligingizni saqlash uchun, boshqalar bilmaydigan o‘ta shaxsiy ma’lumotni tanlang yoki shunday qilingki, buzib kiruvchi mantiqiy jumboq bilan yuzma-yuz turib qolsin. Masalan «Onangning qizlik familiyasini ayt» desa: «Distillyator» deb javob bering. Faqat bir muammoni esdan chiqarmaslik lozim, ushbu ayyorlikni o‘zingiz esdan chiqarib qo‘ymasangiz bo‘ldi, ya’ni o‘ylab topgan parolingizni esdan chiqarib qo‘ysangiz o‘zingizga ham qiyin bo‘ladi. 

Qo‘ygan qopqoningizga o‘zingiz tushib qolmaslik uchun, servisning o‘zida o‘ylab topgan mudofaa vositalaridan foydalaning,  bu pochtami, ijtimoiy tarmoqmi, musiqali saytmi farqi yo‘q. Birinchi qiladigan ishingiz, mobil telefoningiz orqali qo‘sh autentifikatsiyani to‘g‘rilab qo‘ying. Bu siz o‘ylagandek, ko‘p ovoragarchilik tug‘dirmaydi, ammo kimdir sizning parolingizga teginishga harakat qilgan bo‘lsa, har doim bu haqda bilib turasiz.

O‘QING:2017 yilning eng ahmoqona parollari e’lon qilindi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!