Ishonish qiyin: Tesla bir soatda 40 mlrd dollarga qimmatlashdi!

  •   DiMaX
  •  644
  •  18.11.2020 09:07

Ishonish qiyin: Tesla bir soatda 40 mlrd dollarga qimmatlashdi!

Ilon Mask’ning Tesla kompaniyasi bir oydan so‘ng AQShning 500ta eng yirik kompaniyasi kiritilgan S&P 500 ro‘yxatidan o‘rin oladi. Bu haqda Electrek portali xabariga tayanib Kun.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: Tesla atigi yarim soniya uchun $2000 so‘rayapti!

Xabarda aytilishicha, Tesla kompaniyasi 21 dekabr kungi savdolar oldidan ushbu indeksga kiritiladi. Mazkur ro‘yxatda u qaysi kompaniyaning o‘rnini egallashi hozircha aniq emas.

Ushbu xabar chop etilganidan so‘ng dastlabki bir soat ichida Tesla aksiyalari narxi 12 foizga yoki 40 mlrd dollarga oshdi.

Sentyabr oxirlarida Tesla aksiyalari narxi 12 foizga pasaygandi. Bunga Ilon Maskning elekromobil ishlab chiqarishni qisqartirish va avtopilotli elektrokar ishlab chiqarishni rejalashtirgani to‘g‘risidagi so‘zlari sabab bo‘lgandi.

O‘QING: Tesla eng baquvvat elektrokarining rekordini videoda ko‘rsatdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.