Ishonmaysiz, lekin bu iPhone’ning yap-yangisini atigi 25 dollardan sotishyapti!

  •   DiMaX
  •  3780
  •  16.04.2020 18:01

Ishonmaysiz, lekin bu iPhone’ning yap-yangisini atigi 25 dollardan sotishyapti!

Apple kecha – 15 aprelda yangi avlod iPhone SE smartfonini rasman namoyish etdi. Bugun esa uning tezkor xotirasi hajmi va akkumulyator sig‘imi ham ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Uzoq kutilgan iPhone SE 2020 haqidagi aniq 7 fakt

Mazkur ixcham smartfon taqdimoti oldidan dunyo bo‘ylab boshqa iPhone’lar arzonlashayotgan edi. Lekin AQShdagi yirik Straight Talk uyali aloqa operatori e’lon qilgan aksiya hammasidan oshib tushdi. Bu operator yap-yangi iPhone 6s smartfonlarini atigi 25 dollardan sotuvga qo‘ydi!

«Bir balosi bo‘lmasa...» degan gap darrov xayolingizga keldi, to‘g‘rimi? Lekin mazkur aksiyaning bittagina «balo»si bor – faqat shu operator xizmatlaridan foydalanish. Straight Talk bunda biror qimmat tarifga ulanishni shart qilib ham qo‘ygan emas. Qoyilmisiz?

Operatorning ta’kidlashicha, aksiya doirasida 25 dollardan sotiladigan iPhone 6s’lar soni cheklangan. Mazkur smartfonning haqiqiy narxi esa AQShda 99 – 149 dollar orasida.

O‘QING: iPhone: asl va qalbaki mahsulotni farqlashga oid maslahatlar