Islom Karimovning birinchi uyali telefoni qanday edi?

  •   DiMaX
  •  8636
  •  20.11.2017 13:05

Islom Karimovning birinchi uyali telefoni qanday edi?

Toshkentdagi aloqa tarixi muzeyida mamlakatimiz telekommunikatsiya sohasining shakllanish va rivojlanish yo‘lidan guvohlik beruvchi yuzlab eksponatlar bor. Shulardan biri – O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning birinchi mobil telefoni bo‘lib, jurnalist va bloger Jamshid Niyozov uning suratini Facebook’dagi «Maslahat.uz» guruhida e’lon qilgan.

Ta’kidlash kerakki, Aloqa tarixi muzeyidagi eng noyob eksponatlardan biri O‘zbekiston hududida paydo bo‘lgan ilk uyali aloqa telefoni hisoblanadi. Ushbu qurilma yordamida 1992 yilning 26 avgustida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz viloyatlari bilan bog‘langan.

Shuningdek, mazkur muzeydagi O‘zbekistonda telefon aloqasining rivojlanishini aks ettiruvchi stend ham juda qiziqarli. Bu yerda o‘tgan asr boshlaridan beri foydalanib kelingan turli telefonlar modellari bor. Ekspozitsiyada moslama va uskunalardan tashqari, 1991 yildan beri yaratilgan, aloqa va axborotlashtirish sohasiga tegishli qonunchilik aktlari, shuningdek, o‘tgan yillarning qoida va qonunchilik hujjatlari namunalari ham joy olgan.

Aloqa tarixi muzeyi haqidagi batafsil ma’lumotni mana bu havola orqali uning saytidan olish mumkin.