Issiqlikni energiyaga o‘girib, smartfonni zaryadlaydigan termos yaratildi

Issiqlikni energiyaga o‘girib, smartfonni zaryadlaydigan termos yaratildi

Indiegogo platformasida krujka shaklidagi issiqlikdan zaryadlanadigan Muggino nomli smart-termos uchun mablag‘ yig‘ish jarayoni boshlab yuborildi.

Muggino termosi suyuqlikni foydalanuvchi belgilagan haroratda saqlash xususiyatiga ega, deb yozmoqda Gagadget sayti.  Deylik, qurilmaga haroratni 70 gradusda saqlash buyurilsa, zaryad tugaguncha yoki boshqa harorat birligi ko‘rsatilguncha, termos suyuqlikni so‘ralgan haroratda ushlab turadi. Haroratni saqlash diapazoni Selsiy bo‘yicha 0 dan 99 gacha gradusgacha.

Kerakli harorat mobil ilova yordamida sozlanadi. Termosning sig‘imi 355 millilitr.

Asosiy korpus va termo-idish orasiga Bluetooth-modul, akkumulyator va termoelektrik generator joylangan. Generator suyuqlikdan chiqadigan issiqlikni elektr tokiga aylantirib, batareyani avtomatik ravishda zaryadlaydi. Shuningdek, USB-slot yordamida termosni quvvat tarmog‘idan ham zaryadlash mumkin.

Agar ishlab chiqarish uchun zarur mablag‘ yig‘ilsa, Muggino 2017 yilning kuz oylarida sotuvga chiqariladi. Narxi 79 dollar atrofida bo‘lishi yozilmoqda.