Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

  •   DiMaX
  •  6474
  •  13.09.2019 12:33

Istalgan Android-smartfonning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shamiz

Google Pixel smartfonlarida qulay bir funksiya bor – daktiloskopik datchik yuzasini pastga silaganda bildirishnomalar paneli ochiladi. Biroq boshqa smartfonsozlarning turli modellarida barmoq izi skaneriga bundan boshqa ham funksiyalarni joriy etish mumkinligidan xabaringiz bormi?

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

Bunda bizga Fingerprint Quick Action ilovasi yordam beradi, uni mana bu havola orqali yuklab olasiz. Ushbu dastur Android 6.0 va undan keyingi operatsion tizimli qurilmalarda ishlaydi, root‑huquq ham talab etmaydi. Fingerprint Quick Action’ni o‘rnatgach, unga smartfon parametrlariga kirishi uchun ruxsat berasiz. Keyin esa uning sozlamalariga kirasiz.

Shu yerda qurilmangizning barmoq izi skaneridagi uchta amalga turli tezkor funksiyalarni biriktirib qo‘yishingiz mumkin. Bulardan biri – sensorga bir martalik teginganda, ikkinchisi – datchikka ketma-ket ikki marta barmoq bosganda, uchinchisi esa – daktiloskopik sensorni silaganda tezkorlikda bajariladigan funksiyalardir. Lekin bulardan uchinchi amal barcha smartfonlarda ham ishlamasligi mumkin.

Ushbu uchta amalga biriktirib qo‘yiladigan funksiyalar variantlari esa juda keng: ilovalar ro‘yxatini chiqarish, smartfonni «uyqu» rejimiga o‘tkazish, ekranni ikkiga bo‘lish rejimini faollashtirish, skrinshot olish, fonarikni yoqish, biror ilovani ishga tushirish va hokazo.

ESLATMA: Bu funksiyalar shu ilova doirasida ishlaydi, shuning uchun mazkur ilovadan chiqmaslik kerak.

O‘QING: Microsoft’ning yangi ilovasi bilan yaqinda smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!