Istalgan smartfonda Android avtomatik yangilanishini o‘chirib qo‘yishning eng oson ikkita yo‘li

  •   DiMaX
  •  2312
  •  14.09.2019 16:14

Istalgan smartfonda Android avtomatik yangilanishini o‘chirib qo‘yishning eng oson ikkita yo‘li

Android operatsion tizimining yangi talqinlari ayrim hollarda ba’zi qurilmalarda yangi muammolarni keltirib chiqarishi hollari uchrab turadi. Buning oldini olish hamda smartfonning resurslarini, shuningdek, hisobingizdagi mablag‘ni tejash uchun tizimning avtomatik yangilanishini o‘chirib qo‘ygan ma’qul.

O‘QING: Android-qurilmalarda internet-trafikni tejash yo‘llari

Avtomatik yangilanishlarni taqiqlab qo‘yish usuli qurilmaning modeliga qarab sal farqlanishi mumkin, lekin quyidagi ikkita usulni o‘rganib olib, shu asosida o‘z smartfoningizda o‘chirib qo‘yish yo‘lini topa olasiz.

Android tizimining avtomatik yangilanishini cheklashning birinchi usuli:

  1. Android tizimining sozlamalariga – «Nastroyki»ga kirasiz;
  2. Menyuni pastgacha varaqlab borib, «O telefone», bo‘limiga, keyin esa «Sistema»ga kirasiz.

Ayrim hollarda, masalan – Samsung qurilmalarida ushbu punkt menyuning boshida joylashib, boshqacharoq – «Obnovleniya sistemi», «O sisteme», «Parametri OS» kabi nomlangan bo‘lishi ham mumkin.

  1. Shu yerdagi «Obnovleniye PO» bandini topib, undagi uchta nuqta (•••) belgisini bosasiz
  2. Ochilgan menyudagi «Avtomaticheskoye obnovleniye» punktidan belgichani olib tashlaysiz.

Shundan so‘ng smartfoningiz har gal internetga ulanganingizda tizim yangilanishlarini tekshirib, yangi proshivka chiqqan bo‘lsa yuklab olib yurmaydi.

O‘QING: Tadqiqot: Qaysi smartfonlar eng uzoq vaqtgacha operatsion tizimi yangilanib turadi?

Agarda yuqoridagi yo‘riqnoma sizning smartfoningiz modeliga to‘g‘ri kelmasa, unda ikkinchi – universal usuli ham bor.

  1. Smartfon sozlamalarini ochib, «O telefone» bo‘limiga kirasiz va «Nomer sborki» bandini topib, ustiga ketma-ket 6 marta bosasiz. Bunda smartfoningiz dasturchilarga mo‘ljallangan «Rejim razrabotchika» rejimiga o‘tadi.
  2. Sozlamalarga qaytib, «Drugiye» (ayrim brendlar mahsulotlarida – «Sistema») bo‘limini ochasiz. Shu yerdagi «Dlya razrabotchikov» qismiga kirib, «Avtomaticheskoye obnovleniye sistemi» bandini topasiz va uni o‘chirib qo‘yasiz.

Bo‘ldi – endi Android’ni faqat o‘zingiz istagan, vaqtingiz yetarli bo‘lgan, tezkor Wi-Fi tarmog‘iga ulangan holatlardagina o‘zingiz yangilashingiz mumkin, buning yo‘llari esa mana bu yerdagi maqolamizda ko‘rsatilgan.

O‘QING: Shoshilganlar uchun: Sakkizta modeldagi Xiaomi smartfonlariga allaqachon Android 10 o‘rnatsa bo‘ladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!