IT-Park Unbound bilan hamkorlikda FTAD va TIP uchun saralash bosqichini o‘tkazdi!

IT-Park Unbound bilan hamkorlikda FTAD va TIP uchun saralash bosqichini o‘tkazdi!

“FinTech Abu Dhabi” musobaqasi moliyaviy texnologiyalar sohasiga oid startap loyihalarni, “TIP Summit” musobaqasi esa “Tech For Good” sohasini qamrab oluvchi HealthTech, Energy va EnvironmentTech kabi startaplarni saralab oladi. O‘zbekistondagi saralash bosqichi g‘oliblari BAA poytaxti, Abu Dabida bo‘lib o‘tadigan yakunlovchi bosqichga yo‘llanma olishadi.

“FinTech Abu Dhabi” musobaqasining yakunlovchi bosqichida butun dunyo bo‘ylab 50 startap-jamoalari qatnashadi. “TIP Summit” musobaqasida esa bunday jamoalar soni 15 tani tashkil etadi. Yakunlovchi bosqichda o‘zbekiston Respublikasi nomidan 2 ta jamoa bellashadi.

Unbound vakili Igor Ovcharenkoning ta’kidlashicha, saralash bosqichlari Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjon mamlakatlarida ham o‘tkazilgan bo‘lsa-da, qatnashish uchun eng yuqori arizalar soni aynan O‘zbekistonda qayd etilgan.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qatnashchilar “FinTech Abu Dhabi” musobaqasining saralash bosqichi uchun qabul qilingan: Abdulla Butayev – Dicredit.uz, Aslan Yaxtanigov – Payment Arregation Systems, Alisher Alimov – Azma Bank, Nodir Badriddinov – Mayasoft Ltd, Ahadbek Dalimov – DigID LLC, Abduqaxxor Tashmuxamedov – Green Solutions LLC. “TIP Summit”ning saralash bosqichi uchun esa ushbu ishtirokchilarning loyihalari munosib deb topilgan: Nigora Akilova – FOM GROUP, Eldor Abduxamidov – Raisense, Ulug‘bek Kalanov – Integracia, Javoxir Jo‘raxonov – MakeCraft, Asqar Jumanov – ERG.

"FinTech Abu Dhabi" final bosqichida O‘zbekiston Respublikasi nomidan Nodir Badriddinov – «Mayasoft Ltd»  jamoasi (PoS mobil aloqa terminali, barcha turdagi to‘lov kartalaridan to‘lovlarni istalgan usulda – kontakt va kontaktsiz chip yoki magnit lenta orqali qabul qilish imkonini beradi) va «TIP Summit» da esa- IT-Parkning akseleratsiya dasturi ishtirokchisi bo‘lgan Nigora Akilova «Arzon Apteka» loyihasi bilan (O‘zbekistondagi dorixonalarda dorilarning narxi va mavjudligini, dorixonalarning joylashgan joyi va sonini aniqlashga yordam beradigan dorilarni topish xizmati) qatnashadigan bo‘ldilar.

Ta’kidlab o‘tish joizki, IT-Park Abu Dabilik hamkorlar bilan ikkita loyihani amalga oshirmoqda. Ularning biri Unbound Tashkent loyihasi bo‘lsa, ikkinchisi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Nigmatovich Aripov boshchiligidagi Kelajak vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan mGovAward loyihasidir.

Eslatib o‘tamiz, IT-Park – bu biznes-inkubatsiya, akselaratsiya va venchur moliyalashtirishni o‘zida jamlagan loyihadir. Shuningdek, u bozorda istiqbolli startap loyihalarini ishga tushirish va ishga tushirishni ta’minlashga mo‘ljallangan ob’yektlar, binolar, inshootlar va jihozlar majmuasi hisoblanadi.

* “Unbound” – bu dunyo bo‘ylab raqamli jamiyat yordamida yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlovchi global innovatsion platforma. Unboundʼning eng yirik hamkorlari qatorida Facebook, Microsoft, Netflix, Huawei, Yahoo!, Mastercard, Bayer va boshqa dunyoga mashhur kompaniyalari bor.

O‘QING: O‘zbekistondagi birinchi «IT Park» ishga tushdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!