IT-Parkka isroillik Nobel mukofoti sovrindori keldi

  •   DiMaX
  •  157
  •  08.11.2019 17:04

IT-Parkka isroillik Nobel mukofoti sovrindori keldi

IT-Parkda «kvazikristallarni kashf etgani» uchun 2011 yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti laureati bo‘lgan, Isroilning yetakchi Texnologiya universiteti professori Dan Shextman bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

O‘QING: «Hukumat soati»da AKT vaziri deputatlar savollariga javob berdi

Uchrashuvda Isroil davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Eduard Shapira, IT-Park bosh direktori Farhod Ibragimov, Isroil Davlati elchixonasi delegatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari, shuningdek IT-Park startap jamoalari vakillari ishtirok etdilar.

Janob Eduard Shapira O‘zbekiston Respublikasining IT sohasini rivojlantirish uchun hukumat tomonidan ko‘rsatilayotgan kuchli yordamlar, ko‘plab xorijiy mutaxassislarni jalb qilinayotganligi haqida ta’kidlab o‘tdi va ushbu tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston va Isroil o‘rtasida IT sohasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish ekanligini ta’kidladi.

O‘QING: Dunyoning innovatsiya bo‘yicha peshqadam o‘n davlati. Ular orasida O‘zbekiston yo‘q, ammo Osiyoning uch vakili bor

O‘z navbatida IT-Park vakillari ko‘plab xorijiy tadbirkorlarning O‘zbekistonning startap-bozoriga bildirayotgan qiziqishlari, jalb qilingan investitsiyalar, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirib berdi. IT-Parkning maqsadlaridan biri mahalliy IT-mutaxassislar va tadbirkorlarni o‘z faoliyat doiralarini mahalliy bozordan xalqaro bozorga qadar kengaytirishlari uchun qo‘llab-quvvatlash hisoblanadi.

Professor Dan Shextman o‘zining faoliyati va ilmiy ishlanmalarini tijoratlashtirish yo‘llari to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi, shuningdek IT-Park vakillarini IT-tashkilotlar o‘rtasidagi netvorkingni kengaytirish uchun milliy IT-musobaqalarida ishtirok etishga taklif qildi.

Tadbir doirasida IT-Park startap-jamoalari professor Dan Shextmanga o‘z loyihalarini taqdim etish va o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

O‘QING: UZIMEI, internet, mobil aloqa, raqamlashtirish bo‘yicha va boshqa savollarga AKT vazirligi javob berdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!