IT yo‘nalishidagi beshta Telegram-kanal

  •   DiMaX
  •  1760
  •  03.05.2021 15:12

IT yo‘nalishidagi beshta Telegram-kanal

Pavel Durov messenjerining tematik kanallari ushbu loyihaning asosiy afzalliklaridan biri hisoblanib, ular ko‘pchilik uchun ijtimoiy tarmoqlardagi lentalarning o‘rnini bosgan. UZZOOM nashri Telegram platformasidagi dasturlashga qiziqqanlar uchun mos keladigan kanallar to‘plamini e’lon qildi.

O‘QING: Telegram’da yirik tozalash: O‘zbekistondagi 13 million obunachi yo‘q qilinib, kanallarga qizil tamg‘a urildi!

Quyida keltirilgan har bir kanal nomiga o‘rnatilgan havola ustiga bosib, bevosita o‘sha kanalning o‘ziga o‘tish mumkin:

  1. «Addmeto»

Yandeks’ning texnologiyalarni tarqatish bo‘yicha direktori Georgiy Bakunovning kanali. Kanal barcha IT-mavzularni qamrab oladi.

  1. "[404] - programmirovaniye"

Dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilari uchun foydali manba bo‘lib, unda juda ko‘p foydali video darsliklar, foydali maslahatlar va hokazolar mavjud.

  1. «ZaTelecom»

Telekommunikatsiya va Internet texnologiyalari haqida kanal.

  1. «Sistemniy administrator»

Tizim ma’murlari uchun foydali kanal.

  1. «BloGnot»

Kanal muallifi IT bozoridagi voqealarni tahlil qiladi, ustuvor mavzularga quyidagilar kiradi: ijtimoiy tarmoqlar, kriptovalyutalar, dasturiy ta’minot va gadjetlar.

O‘QING: Telegram’da yangi vakansiyalar ochildi, ishlaysizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!